Yolg‘izlikdan yig‘lar, olovli dil cho‘g‘, Darddengizlar oqdi ko‘zda yoshimdan, Ayrildim, sevgimdan bir qanotim yo‘q, Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan. Osmon hayqiradi, chaqmog‘in chaqib, Tushimda ko‘zlari qilmoqda ta’qib, Yig‘layman, shu xasta holimga boqib, Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
|
Nimadan kelib chiqar, Baxtsizlik musibati, Bir atirgulga o‘xshar, Qizlarning muhabbati!
Qul tegmagan gulg‘uncha, O‘n sakkizga to‘lguncha, Juda nozik tushuncha, Qizlarning muhabbati!
Yigit sevsa albatta, Borib aytadi shartta, Dilda qolar alamda,
...
Читать дальше »
|
Bir boqqanda menda, kungling borligin, Sezdirib qo‘yasan indamaygina. Nigohlaring ochar, ko‘zlaring sirin, Sevdirib qo‘yasan indamaygina.
Dona-dona tashlab qadamlaringni, Yashirmagil, qoshi qalamlaringni, Borsam, qovoq o‘yib alamlaringni, Bildirib qo‘yasan indamaygina.
Gulim, kimlar uchun bu nozlaring ayt,
|
Ko‘zim nursiz, dil yorsiz, Dildorimni yo‘qotdim. Ko‘ngil ichra mehmon kuz, Bahorimni yo‘qotdim.
Yo‘qotdim suyganimni, Kim bilar kuyganimni, So‘ngi yo‘q tunlarimni, Qarorimni yo‘qotdim.
Seni o‘ylab bedorman, Xastadirman, bemorman, Netay sevgingga zorman,
|
Менинг ҳақимдаги ғийбатлар ёлғон, Ихтиёр ўзимда бўлса қанийди. Шароб ичиш менга Хайёмдан қолган, Ичмасам ул зотнинг кўнгли ранжийди.
Ўзим бошладимми, ўзим қилгум бас, Дўстларим беҳуда заволим излар. Агар қирққа кирмай ўлсам, май эмас, Мени хароб этгай бевафо қизлар!..
|
Майли-да, кимгадир
Ёқса, Ёқмаса, Уларга қўшилиб Йиғлашармидик.
Биз бахтли бўламиз Худо хоҳласа, Худо хоҳламаса Учрашармидик...
Райҳон ҳидларингни Йўлларимга сеп, Кут мени,
|
|