Qon yig‘latdi qaysi bag‘ritosh, Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh? Oyog‘ingga qo‘yib yotay bosh, Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?..
Yurak qoning to‘kilgan so‘qmoq Bag‘ri alvon lolaqizg‘aldoq, Senga toshlar otdi qay gumroh, Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?..
|
O‘tar qancha yillar to‘zoni, Yulduzlar — ko‘zyoshi samoni. O‘tar inson yaxshi-yomoni, Mehr qolur, muhabbat qolur.
Qorachug‘da porlagan o‘sha, Iqboliga chorlagan o‘sha. Dunyoni tor aylagan o‘sha — Mehr qolur, muhabbat qolur.
Anor sening yuzlaring, suluv, Xumor sening ko‘zlaring, suluv,
|
Muhabbat, ey go‘zal iztirob, Ey ko‘hna dard, ey ko‘hna tuyg‘u. Ko‘kragimga qo‘lingni tirab, Yuragimni to‘kib qo‘yding-ku.
Qancha ko‘zlar menga zor edi, Na g‘am, na anduhim bor edi. Qushday yengil ruhim bor edi, Chok-chokidan so‘kib qo‘yding-ku.
Ne qilarding menga tegib sen,
|
Seni hech kim sevolmaydi meningdek: Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol, Poyingga tiz cho‘kib yig‘lar, ehtimol, Lekin sodiq bo‘lolmaydi meningdek!..
Aldanma yor, aldamchilar makriga, Malak bo‘lma bevafo ishq shahriga, Ular seni bir bossa bas bag‘riga, Seni hech kim sevolmaydi meningdek.
|
|