Aylabon lutf-u karam,
Navro'zi olam keldilar.
O'smadan qoshi qalam,
Navro'zi olam keldilar.
Bir ajib his uyg'otib,
Irmoqlarning xonishi.
Kuylashib savtu ajam,
Navro'zi olam keldilar!
------
OLLOHninh nazari sizlarga bôlsin,
Qalbingiz yanada eymonga tulsin,
Shukirkim yetkazdi ulug' kunlarga,
NAVRUZ ayyomingiz muborak bolsin,
Har bir kuningiz bayramdek utsin.
--------------
Ezgu tilaklarim guldasta bo'lsin,
Dildagi sözlarim dildasta bo'lsin.
Baxt va omad sizga payvasta bo'lsin,
Bugungi bayramingiz muborak bo'lsin!
Navro'z bayrami muborak!!!
-------------
Baxor gullaridan guldasta sizga,
Chin qalbim tabrigi payvasta sizga.
Bir asr yashanggu, ya'na nim chorak,
NAVRO'ZI OLAM bo'lsin muborak!
------------
Xademay nastarin gullaydi bodrab,
Osmonga xushimni eltib ifori.
Quyoshli shudringlar tushar ertalab,
Yuvib dillardan qishning iforin.
Xademay qaldirg'och keladi qaytib,
O'rik shoxlarida bo'rtar dovuchcha.
Turnalar azaliy qo'shig'in aytib,
Sumalak pishadi tong otgunicha.
Xademay lolalar bo'sadek titrab,
Tog'lar viqoriga munis boqarlar.
Yana necha-necha oshiqlar yig'lab,
Bir-birin bag'rida gulxan yoqarlar.
Mening bir kunim ham kun deb Qish nochor,
Ketolmay qor selib turadi xanuz.
Bir kuy yaraladi, Quyosh bastakor,
Xademay Navro'z, Xademay Navro'z!