Qadri menga nondayin aziz Suvday pokdir hayollari ham. U siz o'tgan har bir onimda Qalbim uchun boshlanar motam.
Allohimdan bordir o'tinchim Olisda yor senga omonat. Jonin asrab-avayla yo rab Bir gap bo'lsa bo'lar qiyomat.
Birga bo'lish etmadi nasib Taqdir ekan o'zga bilan u. Shukur deyman mayli boriga Ahir menga eng yaqin do'stku.
Mendan yiroq ketgan bo'lsada Qalbin omonat deb qoldirgan. O'zga bilan taqdir bog'lab u Tiriklayin meni o'ldirgan.
Lek sevaman jonimdan ortiq Ona so'zin inkor qilolmas. Yaxshi farzand ota-onaga "YO'Q"so'zini ishlata olmas...
Sog'inganda rasmini quchib Hayollarda bog'lar kezaman. Bevafoku demang ularni Chin dilimdan yaxshi ko'raman.
Uyga borsam olib boraman Der edilar ziyoratlarga. Endi buning imkoni yo'qdir Ular juftku qoldim men yakka.
O'zga bilan taqdir yo'lida Ketar yorim unutma har on. Seni mendek hech kim sevolmas Mendek mehr berolmas ishon.
Alloh qayta umr bersa ham Yana seni tanlardim bilgin. Baxtim uchun hech bo'lmaganda Kuyov bo'lib salomat yurgin.
Onson emas seni o'zgaga Bermoqligim qalbim sultoni. Netay taqdir shuni istadi Kerak ekan sevgim armoni.
Sog'indim deb kelolmasang ham Sog'inganing sezib turaman. Qancha olis bo'lsang ham mendan Barbir seni yaxshi ko'raman.
|