Sensizlikka chidab yashadim, Tog'lar xayron bardoshlarimga, O'ylayverib oxir charchadim, Arzimaysan ko'z yoshlarimga,
Xiyonatdan bezgan yurak, Ko'nglim sevib bo'lgan jonsarak, Oxirigi yo'l unutmoq kerak, Arzimaysan ko'z yoshlarimga,
Dildan aybim o'chiring dema, Gunoxlarim kechiring dema, Endi ortiq g'amimni yema, Arzimaysan ko'z yoshlarimga,
Essiz shuncha bedor tunlarim, G'am ichida o'tgan kunlarim, Uvvol senga sof tuyg'ularim, Arzimaysan ko'z yoshlarimga,
Yurakkinam og'riydi yomon, Nafrat to'ldi qalbimga ishon, Yengilmayman endi xech qachon, Arzimaysan ko'z yoshlarimga,
To'g'ri aytgan ekan do'stlarim, Ochildiku endi ko'zlarim, Oshiq Axad so'ngi so'zlarim, Arzimaysan ko'z yoshlarimga...
|