Azonda ilk aytmish Bilol- Alloh go'zal, Alloh go'zal, Orazi gul, husni Hilol-Alloh go'zal, Alloh go'zal. Arsh arkiga sulton O'zi, beaybu benuqson O'zi, Mutloq kamol, mutloq jamol- Alloh go'zal, Alloh go'zal. Azal vujud, abad vujud diydoridur shirin umid, Vasli sharaf, vasli hayol- Alloh go'zal, Alloh go'zal. Hukmiga hurlar muntazir, parvadigori benazir Holisdir ul zot, bemisol Alloh go'zal, Alloh go'zal Tuproqqa jon etmish ato - odam ato momo havo, Loydan odam yasab kulol - Alloh go'zal, alloh go'zal. Shoir ko'ngil tabing o'shal, ruhing o'shal, robbing o'shal, Poyiga cho'k ul Zul Jalol Alloh go'zal, Alloh go'zal!!!
|