Ketish kerak edi osmon yoqalab, Zamin deganlari hammadan qolgan. Ne holki har safar jonni orqalab, Yana yuragimga qaytib kelaman.
Muxabbat - degani topilmagan dur, Muxabbat - osmonga ko'milgan tilsim. Uning tog' uyasu yuragimdadur, Bemavrid yolg'onga ochilma sim sim.
Ko'zlarim ko'rmaydi, tillarim soqov, Ichikkan qalbimga alla aytaman. Kul bosgan dunyoga nigohim kosov, Taqdirga o't qalab, dilga qaytaman.
Mendayin kulmagan bormi azizam?, Tunlari uyqashgan, kunduzi so'roq. Ishonma juda ko'o'o'o'p yashadim desam, Baxtli kunlarimdan soniyam ko'proq.
|