Ishqingizda devonaman, Atrofingizda parvonaman, Nahot sizga begonaman? Nargiz, mani na ayladingiz?
Tunlarimda orom yo`qdur, Kiprigingiz misli o`qdur, Oshiqlaringiz buncha ko`pdur? Nargiz, mani na ayladingiz?
Yuzi olma, qizil olma, deymu? Dardim olgin, Nargiz. Qo`llaring uzat qo`limga, Bag`rim tilma, Nargiz. Mashrab-u devonangman, Nargiz.
Yurak pora, jigarim qon, Tanamda ham qolmadi jon. Bering birgina imkon, Nargiz, mani na ayladingiz?
Yurmoqqa ham qolmadi kuch, Barcha orzular bo`ldi puch, Qaydan bo`ldim sizga man duch? Nargiz, mani na ayladingiz?
Yuzi olma, qizil olma, deymu? Dardim olgin, Nargiz. Qo`llaring uzat qo`limga, Bag`rim tilma, Nargiz. Mashrab-u devonangman, Nargiz. (x1+x2)
|