Ey qoshlari kamonim, Ey ko‘zlari jayronim, Sizni sevaman degan, Muhabbati yolg‘onim. Dilingdagi ishq emas, Tilingdagi rashk emas, Ahdu vafo qilganlar, O‘zgasini tanlamas. Ey visoli xumorim, Ey nozlari makkorim, Ishqini o‘yin qilgan, Oshiqi beqarorim. Bilganing hoyu havas, Aldolmay olmas nafas, Bular o‘ziga o‘zi, Dunyoni aylar qafas. Ey lablari xandonim, Ey yulduzsiz osmonim, Suyganini yo‘qotib, O‘z holiga hayronim. Ahadni izlama bas, Hijron senga bo‘lsin dars, So‘zlarimdan ranjima, Buni aytmoq menga qarz.
|