Yomonlar ichida yarashma inson, Nohaq manzillarda kurashma inson, Dardni bergan Uzi davo ham berar, Hayot ko‘chasida adashma inson. Noiloj fursatda topolmay bir yo‘l, Hech qachon bo‘lmagin nafsingga sen qul, Ollohim chorasiz qoldirmas butkul, Hayot ko‘chasida adashma inson. Armonmas, umidning etagidan tut, Kechagi kundagi arazni unut, Ertang uchun kurash, dilingni yorit, Hayot ko‘chasida adashma inson. Umr g‘alvazordir, makri bozordir, Dunyo qabrlardan bunyod mozordir, Goh yomonni qo‘llar, yaxshiga tordir, Hayot ko‘chasida adashma inson. Dushmaning bilan osh yegandan ko‘ra, Do‘sting bilan sen musht yeyaqol jo‘ra, Aslo, bandadanmas, Xudodan so‘ra, Hayot ko‘chasida adashma inson. Baxt keltirmas aslo, bu harom pullar, Manzil topmas ey do‘st, bu xato yo‘llar, Ahad, senga hasad qilsa kirdillar, Hayot ko‘chasida adashma inson.
|