Bir boqqanda menda, kungling borligin, Sezdirib qo‘yasan indamaygina. Nigohlaring ochar, ko‘zlaring sirin, Sevdirib qo‘yasan indamaygina.
Dona-dona tashlab qadamlaringni, Yashirmagil, qoshi qalamlaringni, Borsam, qovoq o‘yib alamlaringni, Bildirib qo‘yasan indamaygina.
Gulim, kimlar uchun bu nozlaring ayt, Buncha makru-jodu pardozlaring ayt, Bunchalik qiynamay, dil rozlaring ayt, Uldirib qo‘yasan indamaygina.
Bir boqqanda menda, ko‘ngling borligin, Sezdirib qo‘yasan indamaygina. Nigohlaring ochar, ko‘zlaring sirin, Sevdirib qo‘yasan indamaygina.
|