Dõstlaringdan yov chiqsa diling oĝrisa, Yurakdan mung chiqgan dardli nolasan, Ey döstim shafqatsiz bunday olamda, Jigaringdan yov chiqsa qayga borasan...
Õtkinchi dunyo bu,shafqatsiz dunyo, Balkim odamlari bemehr gõyo, Kõzingga oqibat kórinsa royo, Jigaringdan yov chiqsa qayga borasan...
Kimlardir haqqinga õlim tilarlar, Kimlardir haqqinga umr tilarlar, Kimlardir ortingdan beor kularlar, Jigaringdan yov chiqsa qayga borasan...
Qadding bukib qõyar,ortingdagi gap, Dõstlar ayting ĝiybatdan kimga nima naf, Qondoahlaring bôlsa begona taraf, Jigaringdan yov chiqsa qayga borasan...
Bevafodan yor chiqsa yuraging mushtlab, Xiyonat alamin maydan olasan, Aldamchi yor uchun nomingni bulĝab, Jigaringdan yov chiqsa qayga borasan...
Qondoshing seni bir nokasdek bilgan, Yolgondan bõyningga tuhmatlar ilgan, Pul uchun joningga hatto qasd qilgan, Jigaringdan yov chiqsa qayga borasan...
Bilginki dunyoning bordir bir kami, Ey dõstim õzingga berma tasalli, Dunyoga õch bõlma ey Botir Ali, Jigaringdan yov chiqsa qayga borasan!!!
|