Yurak bag'rim azoblardan to'lib ketsa Ko'zlarimdan behudaga yoshlar oqsa Bir kun kelib do'stlarimdan g'am sog'insam Mehringizni sog'inaman jonim onam
Bu hayotning g'am anduhi boshim eksa Ko'z oldimda hayot go'yo zulmat bo'lsa Jonsiz vujud bir kun mehr istasa Mehringizni sog'inaman jonim onam
Baxtga yetishmoq oson ish emas Bu yo'lda yiqilmoq qoqilmoqlik bor Mehr ustuniga zoriqsam siz bor Mehringizni sog'inaman jonim onam
Mayli g'amning devori ustun bo'lsaham Mayli dardning azobi kuchli bo'lsaham Bilaman onajon siz men bilansiz Mehringizni sog'inaman jonim onam
Bu dunyoda ko'zlarimni nuri onam Yuragida mehri daryo munis onam Yoningizda baxtim butun jonim onam Mehringizni sog'inaman jonim onam
|