Yoqangni ushlagancha xayrat tortasan,
Besh kunlik dunyoning ko'rgiligidan,
Tavba qilmoqdan o'zga ilojing yo'qdur,
Kim deb atagaymiz?, odamiylik yo'q.
Kim deyish mumkindir o'z ayolini,
Ota-onasidan ustun bilganni,
Ming lanat shundayin noshud farzandga,
Kim deb atagaymiz? Bunday farzandni?
Kuni uniganda oyog'in tagin,
Ko'ra olmagan so'qir boylikning quli,
Kechagi kun, o'tmishin unutganlarni,
Kim deb atagaymiz?, insonmi shular?
Yaqinlarin yuzini balchiqqa bulab,
El-u xalq oldida o'zini xo'rlab,
Ishi fohishalik yoki o'g'irlik,
Kim deb atagaymiz? Insonmi shular?
Shaytonning izmidan chiqolmay yurgan,
Kimni g'iybat qilishsa qo'shilib turgan,
Umrini yomonlikka bag'ishlab yurgan,
Kim deb atagaymiz? Insonmi shular?...
|