O‘tar qancha yillar to‘zoni, Yulduzlar — ko‘zyoshi samoni. O‘tar inson yaxshi-yomoni, Mehr qolur, muhabbat qolur.
Qorachug‘da porlagan o‘sha, Iqboliga chorlagan o‘sha. Dunyoni tor aylagan o‘sha — Mehr qolur, muhabbat qolur.
Anor sening yuzlaring, suluv, Xumor sening ko‘zlaring, suluv, Yodda qolmas so‘zlaring suluv, Mehr qolur, muhabbat qolur.
Oqib ketdi suvlarda Tohir, Zuhro yig‘lab qoldi qon bag‘ir. Kelganda ham qiyomat oxir, Mehr qolur, muhabbat qolur.
Nima deysan, ey, g‘ayur inson? G‘iybatlaring qildi meni qon. Sen ham bir kun o‘tursan, inon, Mehr qolur, muhabbat qolur.
She’riyat bu qadim buyuk So‘qmoq ekan, Kiyikso‘qmoq ekan, kiyik so‘qmoq ekan.
Shirin azob ekan, jonni Yoqmoq ekan, Bir qo‘lda gul, bir qo‘lingda chaqmoq ekan...
Yuragim-yey, boshlab kelding meni qayga? Bag‘rim o‘xshar pora-pora Bo‘lgan nayga.
Ko‘nglim sezar bu so‘qmoqdan O‘tolmayman, Qaytib ketay desam qaytib Ketolmayman —
Chaqirtoshlar tovonimdan Tishlab olgan, Qo‘llarimdan kiyikchalar Ushlab olgan
|