Meni g'iybat qilganlarga Aytar bitta so'zim bor, Orqamdan gapirguncha Avval menga yetib ol. Xasad bilan niyatga Yetolmaysan ey g'anim, Xalol mehnat, sof vijdon- Shudir mening bilganim.
Meni g'ybat qilganlarga Aytar bitta so'zim bor, Tilinga erk berguncha Sen o'zinga nazar sol. Qaytar dunyo haq so'zini Aytishini unutmayu Yomonliging o'zinga Qaytishini unutma.
Meni g'iybat qilganlarga Aytar bitta so'zim bor, Birov nomin bekorga Bulg'amagin sen bekor. Dushman bo'lsang mard bo'lib Sinashgin, ana maydon. Erkak bo'lib orqadan Ish qilmagin hech qachon.
Meni g'iybat qilganlarga Aytar bitta so'zim bor, Niyatim toza ekan, Demak menga omad yor. Ortiqcha gap so'zlarga Bilasiz hech hushim yo'q. Bilasiz, xalq xizmatidan Mening boshqa ishim yo'q.
Xalq o'zi yaxshi bilar Oq bilan qora farqin, Ming shukr tushungaylar Mening dildagi dardim. Yig'lasam ko'z yoshimni Mana shu el artgaydir. Tobutimni ham mana shu el Yelkasiga ortgaydir.
Meni g'iybat qilganlarga Aytar bitta so'zim bor, Men ham inson bolasiman. Balki xatolarim bor Yoshlik qilib bir adashsam O'nta qilib oshirmang, Asl yuzim bilib turib Siz atayin yashirmang.
Meni g'iybat qilganlarga Aytar bitta so'zim bor, Orqamdan gapirguncha Avval menga yetib ol. Xasad bilan niyatga Yetolmaysan ey g'anim, Xalol mehnat, sof vijdon- Shudir mening bilganim.
|