Mayli meni qiynagin hayot Mayli qilay ming bitta faryot Azobingdan yurak desin dod Meni hudo suysa yetadi
Qadirdonim yetmang qadrimga Chin do'stlarim kelmang bag'rimga Tan beradi olloh sabrimga Meni hudo suysa yetadi
Kerak emas davlat yo boylik Yetar menga birgina sog'lik. Mayli tahdir qilsin g'iromlik, Meni hudo suysa yetadi
Nolimayman yolg'iz qolsam ham Nolimayman ojiz bo'lsam ham Mayli agar birkun o'lsam ham Meni hudo suysa yetadi
Unutsinlar mayli sabriyni Bilmasinlar mayli qadrimni Hudo bilsa bo'ldi dardimni Meni hudo suysa yetadi
Mayli meni qiynagin hayot Mayli qilay ming bitta faryot Azobingdan yurak desin dod Meni hudo suysa yetadi
|