Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo`ldi, Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo`ldi, Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo`ldi, Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Avval kelib, quchog`ingga to`l, balq dedilar, Unamading ayol asli ters xalq dedilar, Yetolmagach yuz o`girib, sho`r taxt dedilar, Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Talpinasan astagina va qo`yasan bosh, Mingyillikdir ko`zlaringda jovdiragan yosh, Gunihkorlar mingu bitta, senga tegar tosh, Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Chorlashganda jim kelsang-da, bekor kelsang-da, Mast davraga xor kelsang-da nomardlarga zor kelsang-da, Xor kelsang-da nomardlarga xor kelsang-da, Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Aslida bor ermaklarning borar yeri sen, Yaxshi-yomon ertaklarning borar yeri sen, Asov otdek erkaklarning borar yeri sen, Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Harir, xushbo`y badaningda toshlar izi bor, Ko`kragingda egilgan ne boshlar izi bor, Quyosh o`ti kuydirgan ne quyoshlar izi bor, Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
|