Tong otmasdan bezovta xo'roz: "Zulmat icra qolmasin jahon!" Sho'rlik mas'ul yangi kun ucun.
*** Sen menga hech do'st bo'lolmaysan, Ayt-chi, qachon, qanday chumoli Ko'tarolgan filning yukini.
***
Men chivinga hech kim emasman, Qonim ichdi o'zi, ne iloj? Qondoshingni o'ldirib bo'lmas.
***
Igna bilan quduq qazidim... hanuzgacha yamab bo'lardim Dunyo degan juldur cho'ponni.
***
Boyo'g'lining to'yiga atay Yetib keldi uzoq yurtidan Kalxatniso o'limtik olib.
***
Qirq tovug'in boqaman, deya Go'ng titkilar kechayu kunduz Bir nodon xo'roz.
*** Tulki-ku tumshug'idan ilinar, shaksiz. Bo'rining og'zi qon, yesa-yemasa. Tegirmondan butun chiqar bu Odam!
*** Yangi yilda Eski do'stim-la Chala qolgan gapdan gaplashdik.
*** Ey, sen Jo'ja, Kalima qaytar. Pichog'ini qayrab bo'ldi kuz.
*** Sen ham juda toza emassan, Xojang shuncha yalagan bilan, Itning yalog'i.
*** Tariq ekdim chumchuqdan qo'rqmay. Qo'rquvlarim tariqdek sochdim, To'ying endi, nokaslar.
***
So'zga chiqdi so'zamol to'ti, Bulbul bo'ldi, sayradi, chunon, Ammo ismi hamon To'tixon.
***
To'g'ri, dilim chil-parchin bo'ldi, Ammo, uzr, uxlab qolibman Bardoshimga boshimni qo'yib.
|