Navoiy g’azalin har bir satrida, Nafosat, go’zallik sharh tilga xosdir. Shunchalar qudrat bor so’zning atrida, Har bir durdona yoki olmosdir. Tongotar fayzini nay navosini, Dalalar shukuhin ob-havosini. Visol chog’larini, dil sadosini, Odamning jamiki muddaosini. Barini, barini kuylamoq mumkin, Odamda ni bo’lsa o’ylamoq mumkin. Shu qadar serma’no ona tilimsan, Tarjimon, eng dono ona tilimsan. "Paxta” degan oddiy bitta so’zingda, Jahonga arzirlik ulug’ ma’no bor. Nega maqtamayin men ona tilim? – Dilrabo so’zlari o’ynatsa dilim.
|