Ko'zlaringiz quvonchlardan kulib tursin, Yuragingiz doimo baxt deya ursin, Izingizdan omadlar ergashib yursin, Mehribonim, tavalludiz qutlug' bo'lsin. Yaqinlarning ardog'ida bo'ling doim, G'am neligin aslo ko'rmang siz iloyim, Panohingiz bo'lsin mehribon xudoyim, Qadrdonim, tavalludiz qutlug' bo'lsin. Biram issiq bu mehringizning quyoshi, Hammaga birdek yoqar uning otashi, Siz o'zingiz har insonning chin sirdoshi, Sho'xzabonim, tavalludiz qutlug' bo'lsin. Ushbu onda qutlagayman yana bir bor, Baxtingizni butun qilsin parvardigor, Biz uchun o'zingizni asrang der (ISMINGIZ), Opajonim, tavalludiz qutlug' bo'lsin.
Opajonim, qalbim tubidagi eng ezgu va samimiy tilaklarim bir umrlik hamrohingiz bo'lsin. Men sizni judayam yaxshi ko'raman. Eng sevimli opajonimsiz. Sizga Allohdan barcha ezguliklarning bir umrlik yo'ldoshingiz bo'lishini so'rayman. Gulday go'zal, bolday shirin, zilol suvday tiniq va musaffo, bahor chechaklari kabi go'zal baxtingizga zinhor ko'zlar tegmasin. Tabriklayman, qadrligim!
|