Shirin so'zlaring sog'indim kechir O'zimdan kechib sevardim axir Sevgi sharobi bunchalar taxir Sog'indim seni o'zimdan ko'proq Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Qaniydi bir bor ko'rsaydim seni Mayli qon yutay eslama meni Beshavqat taqdir ayirdi bizni Sog'indim seni o'zimdan ko'proq Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Qara sensiz qoldim bir o'zim O'lib ketding yig'laydi ko'zim Essiz ketding tinglolmay so'zim Sog'indim seni o'zimdan ko'proq Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Sening yoningga borolmayapman Qalbdagi gapni aytolmayapman O'zga dillarni sevolmayapman Sog'indim seni o'zimdan ko'proq Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Ortga yo'ling yo'qligin bilib Ko'rsaydim deya orzular qilib Hazon bo'ldim qalbimni tilib Sog'indim seni o'zimdan ko'proq Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
O'lsam bo'lmasmidi sening o'rninga Yotsam bo'lmasmidi sening joyinga Sog'inib ketdim, keldim qabringa Sog'indim seni o'zimdan ko'proq Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Hamon eslayman so'ngi so'zlaring Hayoldan ketmas shaxlo ko'zlaring Yurak qumsaydi shirin nozlaring Sog'indim seni o'zimdan ko'proq Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Qaniydi hozir ko'zingni ochsang Qabrni teshib tirilib chiqsang Xasta qalbimni bag'ringa bossang Sog'indim seni o'zimdan ko'proq Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Qara telbalarcha sevgining kuchin Qabringa keldim xolimni tushun Shuncha azobmi sevgimiz uchun Sog'indim seni o'zimdan ko'proq Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Taqdir oldida ojizman bugun O'lib ketding bilmadim nechun Chora qolmadi har taraf tugun Sog'indim seni o'zimdan ko'proq Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Kechir azizim kelmayman boshqa Sevgimni tashlab ketding qayoqqa Suyanib qoldim qo'ltiq tayoqqa Sog'indim seni o'zimdan ko'proq Qalbimni chulg'ab olmoqda titoq
Shuncha yil o'tib ketibdi qara Yurakda hamon bitmaydi yara Sensiz yashashga ko'nikdim mana Sog'indim seni o'zimdan ko'proq Qalbimni chulg'ab olmoqda titoq
Qirq yillik armon bo'lib qolyapsan Xolimni ko'rib ming bor o'lyapsan Azob chekishimni zimdan ko'ryapsan Sog'indim seni o'zimdan ko'proq Qalbimni chulg'ab olmoqda titoq
Alam qilmoqda o'lib ketganing Qo'limda joning berib ketganing So'ngi nafasgacha sevib ketganing Sog'indim seni o'zimdan ko'proq Qalbimni chulg'ab olmoqda titoq
|