Sarobdan yaralgan muhabbat so'zi, Azobdan yaralgan muhabbat so'zi, Aksim so'rar nedur muhabbat o'zi? Sezdim dil tubida u cho'g emasmu? Yurakni tirnagan u tig' emasmu?
Qunt aylab ming tog'ni bog' qilish mumkin, Hattoki gadoyni shoh qilish mumkin, Ko'hna ishq dardiga davo yo'q lekin, Sevgi ko'kda yonggan u moh emasmu? Qancha yaqinlashsak yiroq emasmu?
Umrima chang solgan bevafo haqqi, Yuragim churt yulgan bevafo haqqi, Sevgimdan ho'p kulgan bevafo haqqi, Muhabbat tikanli quchog' emasmu? Yurak qozon bo'lsa o'chog' emasmu?
Bildim dunyo shunday o'qitar bizni, O'lim qolib hijron qo'rqitar bizni, Bevafo poyiga yiqitar bizni, Ishq turgan bitgani firoq emasmu? Dunyoda javobsiz so'roq emasmu?
Olloh kechir bandang hamon bandadur, Gunohu-ma'siyat hamon andadur, Qo'limiz duoda umid sandandur, Ba'ri bandalaring gumroh emasmu? Sandan o'zgasin suymoq GUNOH emasmu?
|