Shunchaki orzular so'ndi, Shunchaki yuragim ko'ndi, Bog'imda yangi gul undi, Shunchaki vaqt davo bo'ldi.
Xazonlar to'kildi qara, Ko'zlarimdan yana, yana, Ammo men ko'ndim bariga, Yomg'irli yoshlarim tindi.
Oppoq qor yog'di sochimga, Yolg'izlik tushdi boshimga, Rahm qilib bardoshimga, Yana bahor qaytib keldi.
Rangsiz nigohlarim chaman, Qorong'u kun yorug' olam, Sensizlik kuch berdi biram, Shunchaki vaqt davo bo'ldi.
Qalbimda musaffo osmon, Sen unda zarra chang ishon, Sevgiga yo'liqdi Doston, Bog'imda yangi gul undi.
Shunchaki yuragim ko'ndi. Taqdirga yoydiyu qo'ydi. Bariga vaqt davo bo'ldi, Shunchaki yangi kun keldi.
|