Sen meni qanchalik rad etsang, Yonimdan uzoqroq ket desang, Qanchalik ko`nglimni sovutsang, Shunchalik ko`p sevgim keladi. Nazarga ilmasang qalbimni, Ichimga yutaman dardimni, Qanchalik bilmasang qadrimni, Shunchalik ko`p sevgim keladi. Xar nafasing ozorlik qilsang, Mendan battar o`jarlik qilsang, Qanchalik ko`p qaysarlik qilsang, Shunchalik ko`p sevgim keladi. Oshiq boshimni ega ega, Asablarimga tega tega, Nima uchun bilmadim nega, Shunchalik ko`p sevgim keladi. Xovuchlab yashayman yurakni, Sen xam topding tekin ermakni, Bilmam nega sendek tentakni, Shunchalik ko`p sevgim keladi. Jilovimni bergim keladi... Sen meni qanchalik rad etsang, Yonimdan uzoqroq ket desang, Qanchalik ko`nglimni sovutsang, Shunchalik ko`p sevgim keladi.
|