Tong otmasdan bezovta xo'roz:
"Zulmat icra qolmasin jahon!"
Sho'rlik mas'ul yangi kun ucun.
***
Sen menga hech do'st bo'lolmaysan,
Ayt-chi, qachon, qanday chumoli
Ko'tarolgan filning yukini.
***
Men chivinga hech kim emasman,
Qonim ichdi o'zi, ne iloj?
Qondoshingni o'ldirib bo'lmas.
***
Igna bilan quduq qazidim...
hanuzgacha yamab bo'lardim
Dunyo degan juldur cho'ponni.
***
Boyo'g'lining to'yiga atay
Yetib keldi uzoq yurtidan
Kalxatniso o'limtik olib.
***
Qirq tovug'in boqaman, deya
Go'ng titkilar kechayu kunduz
Bir nodon xo'roz.
***
Tulki-ku tumshug'idan ilinar, shaksiz.
Bo'rining og'zi qon, yesa-yemasa.
Tegirmondan butun chiqar bu Odam!
***
Yangi yilda
Eski do'stim-la
Chala qolgan gapdan gaplashdik.
***
Ey, sen Jo'ja,
Kalima qaytar.
Pichog'ini qayrab bo'ldi kuz.
***
Sen ham juda t
...
Читать дальше »