Yangi yil kechasi ballada
Eshiging ochildi,
Chehrangda yog'du.
Lablaringga xiyol tabassum indi.
O'sha yigirma yil avvalgi tuyg'u-
Bir lahza yurakning urushi tindi...
Qoshlaring yoyini tortdi taajjub,
Shunchalar charaqlab boqdi qaroqlar.
Ichkari Yangi Yil- archangda ajib,
Turli nurlar sochib yonar chiroqlar...
Hayrating kimnidir yodingga solar,
Meni tanimaysan... Bu- men Qorbobo!
Bahorni uyg'otib esganday bo'lar,
O'sha, yigirma yil avvalgi sabo...
Qo'llaring qaltiray boshlaydi bexos,
Eshikka suyanib turadi hasrat...
Qarshingda mung'ayib boqadi besas
O'sha yigirma yil avvalgi qismat.
Sovuq. Tashqarida qorning quyuni,
Ko'cha chiroqlari porlar- qahrabo...
Qismat bo'ronida daydib uyingni
Yigirma yil o'tgach topdi Qorbobo...
O'g'ling shodliklari sig'mas dunyoga-
Qorbobo! Qopida sovg'alari mo'l.
Deyman: "Muz tog'lardan o'tdim piyoda,
Mana, yigirma yi
...
Читать дальше »