YIGIT: Qo'l uzatdim qo'llaring ushlamoqqa Hayot yo'llarida birga ketmoqqa. Bugun esa mendan ketding uzoqqa Sog'inganim bilarmisan endi yor Sog'indim deb kelarmisan ey dildor.
QIZ: Bergan va'da va'da bo'lib qolmaydi Ko'zim o'zgasini aslo ko'rmaydi. Aqlim emas qalbim seni o'ylaydi Sog'indim deb borolmayman yoninga Bugun endi yaramayman koringga.
YIGIT: Sensizlikdan huvilladi qalbim ham Azoblarga chidolmayman ko'zim nam Jonim olgan ey mening erkaginam Sog'indim deb kelar bo'lsang kularman Kelmas bo'lsang devonadek yurarman!
QIZ: Qismat ekan bizlar uchun judoli Yor bo'lmadim yoningda men vafoli Sevishmoqlik asli ekan jafoli Otam so'zin ikki qilmay ketdimku Oq libosda yor uyiga yetdimku.
YIGIT: Men umirbod kutishdan hech tolmayman Bu qalbimni o'zga qalbga bermayman Xatto o'lsam noming aytib o'lay man Sog'inganim bilarmisan endi yor Sog'indim deb kelarmisan ey dildor.
QIZ: Siz ham mening o'ylarimda yashaysiz Siz insonmas farishtaga o'xshaysiz O'lsangiz ham faqat meni o'ylaysiz Sevgim sizda qolib ketar unutmang Ketdi deya aslo alamlar yutmang!
|