Dilozorim ,seni juda,sogindim, Sen keragim,chiroyligim ovunchim, Kelsang agar, qalbga tolar quvonchim, Kutmoqdaman,kelaqolgin sogindim!
Ko'rmasam gar kunlarimham qorongu, Kelib gulim,hayotimga ber yogdu, Kel farishtam,vafoligim,kel bonu, Gulbahorim seni qattiq sogindim!
Ko'z o'ngimda qani endi,kulishlar, Hayo bilan,ibo bilan yurishlar, Yonginamda erkalanib,turishlar, O'sha kunim qaytar,gulim sogindim!
Ko'zlaringga o'rgatibsan,ey dildor, Qarashlaring rom etipti,ey nigor, Hazonlarim ketkazuvchi,gul,bahor, Qadrligim,kelaqolgin sogindim !
Faqat o'zing kerakdursan,birdonam, O'zgasiga boqmagayman,yagonam, To'lib bo'ldi,sabr degan paymonam, Kelgin gulim,oy yuzligim,sogindim !
|