Ozod qushlar, sayyoh qushlar, Tabrizga eltinglar mani. O‘ngarilib solih tushlar, Tabrizga eltinglar mani.
Qodir zamin, masih samo, Jobir quyun, foram sabo, Yopintirib juldur qabo, Tabrizga eltinglar mani.
Haqdan o‘zga sevgoni yo‘q, Mashrabmanam devoni yo‘q, Vale mandek devona yo‘q, Tabrizga eltinglar mani.
Yo‘l ko‘rsating safedorlar, Shams Tabrizim, Shahriyorlar, Duo qiling Choriyorlar, Tabrizga eltinglar mani.
Man Atoman Havom qani? G‘azalnavis a’vom qani? Bundan ortiq da’vom qani? Tabrizga eltinglar mani.
Ishq deganda dilim qonmas, Tilim kuymas, tanim yonmas, Alloh, Alloh, jovidonmas, Tabrizga eltinglar mani.
Firavnga teng g‘ururi, Poshsho edim kibor, po‘rim, Gado bo‘ldim tushda ko‘-o‘rib, Tabrizga eltinglar mani.
Shahrisabz baridan pesh, Biroq ko‘ngil visolga esh, Diydorlashsin ikki darvesh, Tabrizga eltinglar mani.
Qazo topsin shabi anduh, Kel, ey Duldul, Kemai Nuh, Tark etmayin ko‘zani ruh, Tabrizga eltinglar mani.
Tabrizga eltinglar mani. Tabrizga eltinglar mani.
|