Sahroda yongandek yonayapman Oftobda kuygandek kuyayapman Ochilmay gohida so'layapman Telbalik dardidan kecholmayapman
Kapalak bo'laymi uchib yurganday Unitib yorni ham kechib yurganday Yoki o'z ustimdan kulib yurganday Telbalik dardidan kecholmayapman
Shaydoman ko'ngliga yo'l topolmadim Tilimni tishladim so'ng so'zlolmadim Ichimda dardim ko'p bir aytolmadim Telbalik libosin yecholmayapman
Sevmagan u meni avvalari ham O'ylamagan meni kunduzlari ham Ko'rmagan u meni tushlarida ham Telbalik dardidan kecholmayapman
Ruhsoriga bir bor to'ygim keladi Yorni o'zimniki bilgim keladi Erkalab erkalab yurgim keladi Telbalik dardidan kecholmayapman
Yuragim zanjirda yutar alamlar Mehribon jilmayib o'tar alamlar Shahzod kuyganidan kuyar alamlar Telbalik dardidan kecholmayapman
|