Пятница, 2023-09-22, 2:48 AM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
O'ZBEKCHA STATUSLAR / УЗБЕКЧА СТАТУСЛАР / UZBEKCHA STATUSLAR / STATUS [81]
Статусы на Русском | Лучшие статусы для социальных сетей / Статусы для одноклассников [12]
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР [430]
SMS Новый год [0]
SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК [15]
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR [29]
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки [19]
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari [2]
SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР [10]
1 aprel sms hazillar [4]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [150]
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР [19]
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ [9]
SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК [6]
SMS FOTO / СМС ФОТО [0]
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА [0]
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР [61]
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ [0]
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ [9]
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК [0]
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК [6]
SMS SPORT / СМС СПОРТ [0]
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ [0]
SMS SEVGI / СМС СЕВГИ [11]
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА [0]
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ [12]
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА [9]
Стихи о любви [8]
Смс признания [9]
СМС Поздравления с 8 Марта [17]
СМС на день рождения [9]
Смс другу [9]
С 1 апрельские приколы [0]
СМС доброе утро [10]
Смс cтихи [0]
Прикольные смс [10]
SMS VATAN [20]
Смс реклама [0]
СМС спокойной ночи [13]
Студенческие смс [0]
SMS English [0]
SMS TURK [0]
Qo'shiq uchun sherlar [8]
Yigitlar haqida eng zo'r statuslar [0]
Qizlar haqida statuslar [0]
Muhammad Yusuf sherlari [0]
Alisher Navoiy g'azallari [0]
Sms juma ayyomi tabriklari [20]
SMS MP3 LAR [0]
Janob-prikol Sherlari [0]
21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar [30]
SMS O'zbekcha Status [1]
SMS Sevgi Status [1]
SMS Prikol Status [0]
SMS Odnoklassniki Status [0]
ISMLARGA ATALGAN SHE'RLAR / QIZLAR ISMI UCHUN SHE'R [10]
ISMLARGA ATALGAN SHE'RLAR / QIZLAR ISMI UCHUN SHE'R
9 may xotira va qadrlash kuni sherlari / 9 май хотира ва кадирлаш КУНИ ТАБРИК ШЕРЛАР [7]
Marhabo Karimova / Мархабо Каримова [10]
21 MART NAVRO'Z BAYRAMI TABRIKLAR TILAKLAR SHERLAR/ 21 МАРТ НАВРЎЗ БАЙРАМ ТАБРИКЛАРИ ТИЛАКЛАР ШЕ... [1]
21 MART NAVRO'Z BAYRAMI TABRIKLAR TILAKLAR SHERLAR 21 МАРТ НАВРЎЗ БАЙРАМ ТАБРИКЛАРИ ТИЛАКЛАР ШЕРЛАР
ABROR MUXTOR ALIY SHERLARI / MAHBUBIY SHERLARI / АБРОР МУХТОР АЛИЙ ШЕРЛАРИ / МАХБУБИЙ ШЕРЛАРИ [14]
ABROR MUXTOR ALIY SHERLARI / MAHBUBIY SHERLARI / АБРОР МУХТОР АЛИЙ ШЕРЛАРИ / МАХБУБИЙ ШЕРЛАРИ
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 1045
Статистика



Онлайн всего: 7
Гостей: 7
Пользователей: 0


Главная / Bosh sahifa
» 2019 » Октябрь » 12 » Til - millat ko‘zgusi Bayram senariysi
11:43 AM
Til - millat ko‘zgusi Bayram senariysi
Maktab sahnasi va zal "So‘z qattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar, Yumshog‘i ko‘ngillarni giriftor aylar”, "Til – millat ko‘zgusi”, "Til – oinayi jahon” kabi shiorlar, hikmatli so‘zlar, o‘zbek tili rivojiga munosib hissa qo‘shgan buyuk siymolarning suratlari, devoriy gazetalar bilan bayramona bezatiladi. O‘quvchilar tayyorlagan ijodiy va ilmiy ishlardan namunalar ilinadi.



Sahna pardasi ochilib, 8 nafar ishtirokchi o‘quvchi karnay-surnay sadolari ostida chiqadi va quyidagicha joylashadi:



(Ishtirokchilar she’r o‘qiyotganda ekranda yurtimizning go‘zal manzillari, buyuk ajdodlarimizga oid lavhalar namoish etiladi.)



1-o‘quvchi:

Mir Alisher bobomizdan

Meros bo‘lib qolgan tilim.

Bobur Mirzo she’rlaridan

Rang va qiyos olgan tilim.

Shunday tildan tonar bo‘lsam,

Qiyma-qiyma bo‘lsin tilim.

Alla bo‘lib jaranglagan

Ona tilim – jon-u dilim.



2-o‘quvchi : Assalomu alaykum, qalbi quyosh, mehridaryo, aziz ustozlar hamda bilimga chanqoq o‘quvchilar! Bugun ona tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 26 yil to‘ldi. Ushbu ayyom munosabati bilan barchangizni (hamma jo‘r bo‘lib) MUBORAKBOD ETAMIZ!

(Davrani ochish uchun so‘z navbati maktab direktori yoki ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisiga beriladi.)



5-o‘quvchi:

Mayli, kim qay tildan zavq-u  shavq olsa,

Mening o‘z tilimga ming jonim fido.

Erta ona tilim agar yo‘qolsa,

Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.



6-o‘quvchi:

1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqida qonun qabul qilindi.



4-o‘quvchi:

O‘zbekiston Respublikasi Kon¬stitutsiyasining 4-moddasida shunday deyilgan: "O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”.

7-o‘quvchi:

O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida”gi qonunining 4-moddasida quyidagicha keltirilgan: "O‘zbekiston Respublikasida Davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millat va elatlarning tillariga izzat va hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o‘rgatish bepul amalga oshiriladi”.



3-o‘quvchi:

Eshitganman ilk bor shu tilda alla,

Kuylaganman ilk bor shu tilda yalla.

O‘zbegim o‘zligi timsoli sensan,

Shu tilda kuylayver, kuyla baralla.

(Ona obrazidagi o‘quvchi sahnaga chiqib, beshik tebratadi; alla yangraydi.)



8-o‘quvchi:

So‘zi qudratli, sirli,

Ham go‘zal, ham sehrli,

Go‘yoki tirik jondek,

Muhabbatli, mehrli,

Go‘zal jonona tilim,

Asl durdona tilim.

Dilimiz torjimoni,

Sen millatning mulkisan,

Chiroylisan, ko‘rklisan.

Fe’l-atvori, ruhini

Aks ettirgan ko‘zgusan,

Donishmand, dono tilim,

Asl durdona tilim.

Sensiz na ilm bo‘lar,

Na fikr, bilim bo‘lar.

Sen bo‘lmasang so‘zlarnnig,

Bag‘ri ming tilim bo‘lar.

Onajon, ona tilim,

Mening shohona tilim.



3-o‘quvchi:

Til haqida buyuklar shunday deganlar:



"Ko‘ngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalitin so‘z bil”. Alisher Navoiy.



"Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur”. Abdulla Avloniy.



"Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar”. Islom Karimov.



(Sahnaga 6-sinf o‘quvchilari taklif etilib, fonetikaga oid topishmoq va quvnoq she’rlar o‘qiladi).



1. Yettida bor,

«Yettov»da yo‘q.(Javob: "i” tovushi).



2. Bir so‘zda bir xil undosh

Ketma-ket qator kelar.

Misol topib aytinglar,

Ular qanday tovushlar?

(Javob: qator undosh tovushlar).



3. «Arra»da ikkita bor,

«Yalla»da ham shuncha bor,

Yana qaysi so‘zlarda

Shu holat bo‘lar takror?

(Javob: karra, zarra, alla, malla, kalla, salla...)

4. Til uchi milkka tegib,

Havo yo‘lini to‘sar.

So‘ngra birdan ochilib

Tovushlar portlab chiqar.

Topsin dono bolalar,

Ular qaysi tovushlar?

(Javob: d, t, l, n tovushlari.)



5. Bordir olti xil tovush,

Ular cho‘zib aytilar.

So‘z tuzilmas ularsiz,

O‘ylang, balki toparsiz?

(Javob: unli tovushlar.)



1-o‘quvchi:

Qanday yaxshi so‘z, kalom,

Odob boshi –"Assalom”.

Xush yoqadi hamma vaqt,

"Rahmat”, "Xo‘p-xo‘p”, "Marhamat”!



2-o‘quvchi:

Yayratadi dilingni,

Do‘stlarning "Xush keling”i.

So‘nggi so‘z ham alomat:

"Xayr, bo‘ling salomat”.



(Sahnaga laparchi qizlar chiqib, "Omonyor”, "Chitti gul”, "Jamalagi tillo” kabi xalq qo‘shiqlaridan namunalar ijro etishadi.

Tadbirda ona tilimizning qadri va boyligini tarannum etuvchi boshqa sahna ko‘rinishlarini ham namoyish etish, musobaqalar uyushtirish mumkin.

Shu tariqa bayram kechasi yakunlanadi.) 
Категория: 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar | Просмотров: 4942 | Добавил: iphone | Рейтинг: 0.0/0

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Все смайлы
Код *:

Mulliflar uchun
+18

Mulliflar uchun
Mulliflar uchun
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Nilufar Usmonova - Beparvo

Maroqand - Kulib yasha

Manzura - Onamdan ayrildim

Janob Rasul - Yumshoq

Rayhon - O'n besh kun (cover)

Bojalar - Yaxshi ko'rinaman deb

Sevara Nazarxon va Shoxrux - Asta-sekin

Sevinch Mo'minova - Bevafo yor

Munisa Rizayeva - Xayolingdaman

Yulduz Usmonova - Tojiki medonet (feat Malik)


Foydali maslahatlar
TOP yangiliklar
Bu oyda yangilik qo'shilmadi.

>>> DAVOMI...
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Октябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2023 | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. | Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя