Sochlarin turmaklari,
Yarashganini qarang.
O'ziga ko'ylaklari,
Yarashganini qarang.
Qarang qanday qomati,
Balki shudir omadi,
Siyratiga surati,
Yarashganini qarang.
Yuragim yonar cho'g'day,
Uning bahosi yo'qday,
Nigohlar tiyra o'qday,
Yarashganini qarang.
Termulib turishlari,
Hattoki yurishlari,
Betakror kulishlari,
Yarashganini qarang.
Ko'rmaganman bunday qiz,
Qo'llarim yetmas yulduz,
Lablar chizilgan tengsiz,
Yarashganini qarang.
Gapirganda so'zlari,
Yonib turar ko'zlari,
Ibo bilan nozlari,
Yarashganiga qarang.
Bir ko'rib bo'ldi sarmast,
Devona oshiq Ahad,
U, mening bilan faqat,
Yarashganini qarang.