1. Yigit kishini baxti to'rtta bo'ladi:
1 keng hovlida
2 yaxshi markabda
3 yaxshi qo'shnida
4 soliha ayolda. 2. Ko'rgan narsasiga ishonish bu hayvonga hos sifat.
Ko'rmagan narsaga ishonish esa bu insonga hos sifat.
Inson agar o'tib ketgan ishlarini soyasida yashasa har kuni, bugungi kuni nihoyatda achchiq bo'lib ketadi.
Dunyoning jamiyki yo'lini ko'rdik,
Endi bir pokiza yo'lni ko'rsating.
Yolg'on tarixlardan yuzumiz burdik,
Iymondan dars bering islom o'rgating. O'rgandik jadvalning ne bo'lsa qismin,
Xatto bilib oldik hayvonlar jismin.
Vale bilmay o'sdik Allohning ismin,
Iymondan dars bering islom o'rgating. Tarixu jug'rofiy kimyolar yaxshi,
Ko'zimiz ilg'amas dunyolar yaxshi.
Aljabr fanidan baholar yaxshi,
Iymondan dars bering islom o'rgating. Angladik iymonsiz fanlar mo'rtligin,
Go'yo darvozasiz shoxsiz yurtligin.
Bildik ikki karra ikki to'rtligin,
Iymondan dars bering islom o'rgating. Bugun boshimiz ham barcha tan olmush,
Ustimizdan ming-ming tog'utlar kulmish.
Xamma ilmlarning asosi bo'lmish,
Iymondan dars bering islom o'rgating. Aziz mu'alima muxtaram ustoz,
Darslar jadvaliga yozing iltimos.
Abadiy do'zoxdan bo'laylik halos,
Iymondan dars bering islom o'rgating. Asli iymon ila islom sharafdir,
Alloh bitta degan kalom sharafdir.
Dunyoning darslari bo'lak tarafdir,
Iymondan dars bering islom o'rgating. Bu ilm farz bo'lmish har yigit qizga,
Bu yo'l Allohimdan omonat sizga.
Yarashmas ushbuga xiyonat sizga,
Iymondan dars bering islom o'rgating.
|