Shiddat bilan zamona zayli, Oqaversin daryoday mayli, Opasiyu-Singil tufayli Yig'lamasin yigit or uchun, Qalam qoshli go'zal yor uchun!!!
Nomuslardan boshlarin egib, Malomatlar yurakka tegib, Nomardlarga qaddini bukib, Yiglamasin yigit or uchun, Bir bevafo yorga, yor uchun!!!
Bo'lib go'yo dunyo tor qafas, O'z uyida ololmay nafas, Qay borsa shivir shivir sas, Yiglamasin yigit or uchun, Peshonada shu xam bor uchun.
Qo'ldan davlat ketsayu ketsin, Do'st xiyonat qilsayu qilsin Ox Adolat,ne bolsa bolsin Yig'lamasin yigit or uchun, Ko'zlariga dunyo tor uchun!
|