Kimnidir sog‘inib yolg‘iz qolganda, Seni sevganlarim yodingga tushsin, Qismatning oldida ojiz qolganda, Meni kuyganlarim yedingga tushsin. Sendan baxtlar yuzin bursa, yig‘lama, Yuraging alamga tulsa, yig‘lama, Hayotdan umiding so‘nsa, yig‘lama, Meni aytganlarim yodingga tushsin. Suyganing yuz burib vafo qilmasa, Bitta shirin so‘zin ravo qilmasa, Va’dalar bersa-yu, ammo kelmasa, Meni kutganlarim yodingga tushsin. Qalbingni dardini aritolmasang, Umringni bir kunin yoritolmasang, Kimnidir qiynalib unutolmasang, Alam yutganlarim yodingga tushsin. Ko‘z oldingda yoring xiyonat qilsa, Sen ko‘z yosh to‘ksang-u beparvo kulsa, Atayin yoningda o‘zgani quchsa, Meni ko‘rganlarim yodingta tushsin. Mayli, men roziman eslamasang ham, Ahad qaydasiz deb izlamasang ham, Kimgadir bu haqsa so‘zlamasang ham, Seni sevganlarim yodingga tushsin.
|