Пятница, 2017-11-24, 1:30 PM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3823]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [381]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [74]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [0]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [1901]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3250]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [24]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [4941]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [670]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [1988]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [122]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [166]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [101]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1369]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [160]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [915]
Восстановление данных - Программы [0]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [1]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [17]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [0]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [0]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [266]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [96]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [13]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 569
Статистика


waplog

Онлайн всего: 94
Гостей: 94
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Февраль » 8 » ALIShER NAVOIY VA SULTON SANJAR

9:18 AM
ALIShER NAVOIY VA SULTON SANJAR
"Xun bahosi uchun mana pul, qasos olmoqchi bo`lsang, mana shamshir!”

Nomi afsonalarga yo`g`rilgan turkiy hukmdorlardan biri Saljuqiylar saltanatining so`nggi hukmdori Sulton Muizziddin Abul Xoris Sanjar ibn Malikshohdir.

Sulolaning so`nggi va qudratli vakili

Ma`lumotlarga ko`ra, u Iroqning hozirgi Sinjar shahri hududida 1086 yilda tug`ilgan. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra, uning ismi o`zi tug`ilgan shahar nomidan olingan deyilsa, boshqa manbalarda turkiy tildagi "sanchar, sanchuvchi, hujum qiluvchi” ma`nolarini berishi aytiladi.

U akasi sulton G`iyosiddin vafotidan so`ng, 1118 yili taxtga o`tiradi. U o`z davlatining poytaxtini hozirgi Turkmaniston hududidagi Marv (Mari) shahri hududiga ko`chirgan. Keyinchalik Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni o`zida birashtirgan ulkan saltanatga asos solgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, Sulton Sanjarning nomi Qashqardan Yamangacha, G`aznadan Umongacha, Onado`lidan to Hijozgacha xutbaga qo`shib o`qilgan. Biroq, 1141 yilda Movarounnahrga Qoraxitoylarning bostirib kirishi Sulton Sanjar hokimiyatini zaiflashtirgan. Ayniqsa, Qatvon cho`lidagi jang Saljuqiylarni qaqshatqich zarbaga uchratadi.

Garchi uzoq urinishlardan so`ng u hokimiyatning bir qismini qaytarib olishga muvvafaq bo`lsa-da, oldingi kuch-qudratini yo`qotib bo`lgandi. Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra, Sulton Sanjar 1157 yilda Marv shahrida og`ir xastalikdan vafot etadi.

Sulton Sanjar o`z davrida fan, madaniyat va san`at homiysi sifatida ham dovrug` taratadi. Uning saroyida o`z davrining mashhur shoir va ulamolari to`plangan. U Marv va boshqa ko`pgina shaharlar, jumladan Samarqandda ham bir qator me`moriy yodgorliklar qurdirgani ma`lum. Biroq, bu binolar mo`g`ullar bosqini paytida vayron qilingan.

Rivoyatlar tilga kirganda...

Sulton xalq og`zaki ijodi va badiiy adabiyotda adolatli, xalqparvar, oqil hukmdor sifatida gavdalanadi. Xalq orasida Sulton Sanjar nomi afsona va rivoyatlarga yo`g`rilib ketgan. Bir rivoyatga ko`ra, Sulton Sanjar o`ziga saroy qurdirmoqchi bo`ladi. Lekin saroyning markazida o`rnatish uchun baland, to`g`ri ustun kerak bo`ladi. Unga mos daraxtni hech qaerdan topa olishmaydi. Nihoyat bir kampirning hovlisida ustunbop daraxt topiladi. Shoh ushbu daraxt uchun kampirga juda katta in`omlar beradi. Shu bilan birga istagan paytda saroyga kelib, uni ko`tarib turgan ustunni ko`rib ketish huquqini beradi.

Kampir saroy bitgach, tomoshaga keladi va unga ko`rk bag`ishlab turgan ustunni ohista silaydi: "Agar sen egri o`sganingda allaqachon o`tinga aylanarding, to`g`ri o`sganing sabab sulton saroyidan joy olding, menga ham katta davlat va izzat olib kelding”, deydi.

"Shoh G`oziy” himmati

Bu mazmundagi hikoyatlar mumtoz adabiyotga ham ko`chib o`tgan.

Hazrat Navoiyning "Hayrat ul-abror” dostonida ham "Shoh G`oziy va kampir” hikoyati mavjud bo`lib, unda voqealar sal boshqacharoq talqin qilinadi.

Kampir Shoh G`oziyning huzuriga kelib, uning askarlari bir jangda yakkayu yolg`iz o`g`lini o`ldirishgani, buning shoh qonun oldida javob berishi lozimliini aytadi. Shoh kampirning talabini qondirish u bilan uchun qozining huzuriga boradi. Qozi ham haqqoniy hukm chiqaradi. Shoh yo kampirning o`g`li uchun xun puli to`lashi lozim yo kampirga qasos olish imkonini berish kerak. Shunda shoh ikkilanmasdan yuz hamyon tilla va qilich keltirishlarini buyuradi: "Xun bahosi uchun mana pul, qasos olmoqchi bo`lsang, mana shamshir!” Kampir uning adolatidan lol qoladi va shohning oyog`iga yiqilib uzr so`raydi. Shoh esa, kampirning izzat-hurmatini o`z o`rniga qo`yib, uni oltinu kumushga ko`madi.

Hazrat Navoiy bu o`rinda Sulton Sanjar nomini tilga olmasa-da, so`z aynan u haqda ketayotganga o`xshaydi. Chunki, tarixda Sulton Sanjarning g`ayridin o`g`uzlarga qarshi kurashib G`oziy nomin olgani tarixdan ma`lum. Boshqa bir guruh olimlar esa, bu o`rinda so`z Husayn Boyqaro haqida borayotganini aytadilar. Chunki, Navoiy ko`p asarlarida o`z do`stiga "Sho G`oziy” deya murojaat qiladi.

Nechta Sulton Sanjar bor?

Ko`p o`rinlarda u o`z do`stini adolat va kuch-qudratda Sulton Sanjar bilan qiyoslagan. Husayn Boyqaroga atab yozilgan "Tuhfatul-afkor” qasidasida shunday misralar bor:

Mulki dil piri javonro hast obodon zi ishq,

Bonii Marvi kuhan Sanjar zi nav xam Sanjar ast.

Bu o`rinda ishq keksayu yoshning qalbini birdek obod qilishini aytib, chiroyli o`xshatish qiladi. Ko`hna Marvni Sanjar bino qilgandi, yangi Marvni ham u boshqarmoqda. Bu o`rinda Navoiy uch asr avval Marvning hokimi Suton Sanjar bo`lganiyu, hozir ham Sulton Sanjar ismli boshqa bir hukmdor shaharni boshqarayotganini eslatadi. Tarixdan ma`lumki, Sulton Husayn Boyqaro taxtni egallashidan avval bir muddat Marv Hukmdori bo`lgan Sulton Sanjar huzurida yashagan va uning qizi Beka Sultonbegimga uylangan. Shu bois har ikki hukmdorni farqlash maqsadida Saljuqiylar hukmdori bo`lgan Sulton Sanjar nomiga "Moziy” (avvalgi, o`tgan zamondagi) sifatiga qo`shib aytishgan.

Shu bilan birga Hazrat Navoiy ham Marvda ma`lum muddat yashagan, bu payta kelib, vayronaga aylangan Sulton Sanjar Moziy maqbarasini qayta tiklashga bosh-qosh bo`lgan.

Rustam Jabborov

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot darakchi.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:

Супер Новости:
Категория: Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) | Просмотров: 225 | | Теги: #habarlar, #uznews, #новости, #newsuz, #Yangiliklar, #ahborot, #Yangilik, #news, #xabarlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *:

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Корзина
Ваша корзина пуста
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:

FOYDALI MASLAHATLA
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.BePuL.NeT
  • UzbKino.NeT
  • Zustars.BiZ
  • Turk-Film.com

  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2017