Пятница, 2024-03-29, 3:52 PM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10089]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1547]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [142]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3140]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8267]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [88]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9317]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [2012]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2026]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [303]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [29]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [124]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2763]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [276]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2353]
Восстановление данных - Программы [4]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [1]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ADOBE AFTER EFFECTS FREE PROJECTS / БЕСПЛАТНЫЙ Проекты After Effects / Проекты АФТЕР ЭФФЕКТС [13]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [190]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [49]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [504]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1153]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [27]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [48]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [180]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [98]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [59]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [14]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [244]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
HIKOYALAR +18 (KATTALAR UCHUN HIKOYALAR) / ХИКОЯЛАР +18 (КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР) [60]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР / JINSIY YAQINLIKLAR / ZO'RLANGAN AYOLLAR
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 1045
Статистика



Онлайн всего: 19
Гостей: 19
Пользователей: 0


Главная / Bosh sahifa » 2017 » Май » 28 » Alisher Uzoqov ayollar, farzandlari, yozayotgan she`rlari va ijodi borasidagi savollarga javob berdi

11:45 AM
Alisher Uzoqov ayollar, farzandlari, yozayotgan she`rlari va ijodi borasidagi savollarga javob berdi
Alisher Uzoqovni komedik rollari bilan ayollarimizni turmushning tashvishlaridan ozmi-ko`pmi chalg`ita olgan, yuzimizga tabassum yugurtirgan. Eng asosiysi, biz sevgan shaxs — Zahiriddin Muhammad Boburni sahnada gavdalantirayapti. Poytaxtning betakror go`shasi – «Toshkent gullari» do`konida o`tkazilgan fotosessiyadan so`ng bir finjon qahva ustida "So`g`diyona” gazetasi ijodkorlari bilan kechgan suhbat sizga manzur bo`ladi degan umiddamiz.

— Gullar — siz erkaklarning asosiy qurolingiz. Bir dona atirgul bilan ayol ko`nglini zabt etishingiz, mehrini qozonishingiz mumkin. Bejirimgina guldastani ko`rgan ayol yorining bor gunohlarini aft etishi ham ajablanarli holatmas. Uning ifori baxtning iforidek, qo`limizga olishimiz bilan baxtni his qila boshlaymiz.

— Biz esa shu hissiyot abadiy bo`lishini istaymiz. Bugun gul sovg`a qildikmi, u orqali taqdim etgan quvonchimiz qaniydi ayollarni hech tark etmasa... Biroq ayollarning ajoyib odati bor-da, tez unutib yuborishadi. Bir dona atirgulmi, bir quchoqmi — uni qo`lga olganlaringizda ko`zlaringiz yashnab ketishi bizni ham mamnun qiladi! Shu zavqni ushlab qoling. Arzimas sabablar tufayli esdan chiqarib yubormang. Shunda sizni hamisha gul bilan xushnud etgimiz keladi.

— Sizningcha, ayol kishi har doim kulib turishi kerak ekan-da...

— Albatta, bu ayollarning vazifasi.

— Erkaklar-chi?

— Shartmas. Bizning tabiatimiz shunaqa — biroz jizzakiroqmiz.

— Alisher, sizga o`zingizni tushunish qiyinmi yoki nozik hilqat vakilalarini?

— O`zimni hamon tushunmayman. Ba`zi vaziyatlarda nima istayotganimni bilmay qiynalaman. Ayollarni tushunish esa oson.

— Yo`g`ey, ko`pchilik buning aksini aytadi...

— Menimcha, ayol kishiga xo`p deyish kerak. Bahslashish, tortishish befoyda. Mana, sizlarni tushunishning yo`li.

— Ilk bor kimga gul sovg`a qilganingizni eslay olasizmi?

— Onamga bo`lsa kerak. Bog`cha paytlarimda, adashmasam.

— Bolalaringizga qarab qanday haqiqatlarni anglayapsiz?

— Vaqt juda tez o`tayotganini, qariyotganimni tushunayapman. Kechagina chaqaloq bo`lgan bolalarimning birpasda tili chiqdi, bugun yugurgilab yurishibdi.

— Qarishdan qo`rqasizmi?

— Yo`q. Qo`rqsam-qo`rqmasam, baribir, vaqtni to`xtatib qololmayman-ku.

— Komplekslaringiz...

— Hozir deyarli yo`q. Avvalari bor edi. Ulg`ayganingiz sari hayotning asl mohiyatini anglab borarkansiz. Bu hayotda kim bilandir tortishib, o`zingizni isbotlashga urinishlar befoyda. Shu haqiqatni anglagach, o`zimni borimcha qabul qila boshladim. Komplekslarim ham yo`qoldi, o`zim tugul boshqalarning kamchiliklari ham ko`zimga ko`rinmay qoldi.

— Oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarga she`rlaringizni qo`ya boshladingiz...

— Avvaliga be`mani ijod namunalariga kesatiq tarzida she`r qoralab yurdim. Ijodni o`yin bilayotganlarga ko`zgu tutmoqchi edim. Hali-veri fikrlarim ularga etib bormaydi. Lekin ko`rasiz, bu she`rlar yashaydi. Muxlislarimning yozganlarimga munosabat bildirayotganlaridan ilhomlanib, yozishda davom etayapman. O`zimning uslubimni topgandekman...

— Alisher, siz o`zini har jabhada sinab ko`rishdan charchamaydiganlardansiz. Odamlarning hali xonandalikka, hali futbolga o`zingizni urishingizni qabul qilmasliklaridan cho`chimaysizmi? Tanqidlar ham etarlicha bo`ldi, adashmasam.

— Ko`zim etgan ishgagina qo`l uraman. Agar odamlar nima derkan, deb o`tirsam, hech narsa qilmasligim kerak. Men bolaligimdan yaxshi ko`rgan, qiziqqan mashg`ulotlarim bilan shug`ullanib ko`rishga o`rganganman. Kichkinaligimda televizorning ovozini pastlab, filmlarni dublyaj qilardim, futbol sharhlardim. Qilayotgan barcha ishim ularga bo`lgan muhabbatim tufayli, aslo mashhur bo`lish, tanilish yo`lidagi har tomonga o`zni urish emas. Tanqidga kelsak, hech kimning og`ziga elak tutib bo`lmaydi. Boshqalarning fikri bilan tanlagan yo`lingizdan chekinsangiz, hech qachon hech narsaga erisha olmaysiz.

— Farzandlaringizga ham yaxshi ko`rgan ishlari bilan shug`ullanishga imkon berayapsizmi?

— Albatta. Umuman, har bir ota-ona farzandining qiziqishlaridan kelib chiqib, turli sohalarga yo`naltirib ko`rishi kerak. Iqtidori namoyon bo`lgani bilan esa shug`ullanishga ruxsat berishi lozim. Shunda u yomon yo`llarga yurmaydi, tashqi ta`sirlarga berilmaydi. O`zini izlaydi.

— Sizning qarashlaringizni o`zgartirgan, ulg`aytirgan voqealar.

— Bo`lgan. Ko`p bo`lgan. Otamning vafotidan keyin birdan ulg`aydim. Tanaffusdagi uch yilim ham oson kechmadi. Bilasizmi, xonandalar sahnadan uzoqlashishsa ham, ijod qilaverishlari mumkin. Qo`shiqlar yozadi, kuylaydi, kliplar suratga oladi, internetga joylaydi. Muxlislari chin bo`lsa, o`zlari topib, eshitaverishadi. Men aktyorman, kamera, kino bilan tirikman. Ijoddan birdan to`xtab qolganim hayotga nisbatan qarashlarimni o`zgartirdi. Oldinlari hamma narsaga engilroq qarardim-da. To`g`ri, tushkunlik botqog`iga botib o`tirmadim. Ssenariy yozdim. Izlandim. Oq-qorani ajrata boshladim. Atrofimdagilarning munosabati oydinlashdi. Har neda hikmat borligiga yana bir bor amin bo`ldim.

— Suhbatlardan birida kelajagingizni rejissurada ko`rishingizni aytgandingiz. Bu borada qanday yangiliklar kutilayapti?

— Yangilik yo`q emas, ammo endi shoshmayman. «Kuzda gullagan daraxt» ustida ham oz-muncha vaqt ishlamagandim. Yaqin kunlarda yangi ssenariyni tugallab, suratga olish ishlarini boshlaymiz. Komediya janridagi film bo`ladi. Nazarimda, muxlislar komedik qiyofamni sog`inishgan. Komediyaning nomi «Muzlagan».

— «Muzlagan»?! Bu ishchi nommi?

— Yo`q, aniq nomi shu. Nega degan savolingizga esa filmni ko`rganda javob topasiz.

— Bundan uch-to`rt yil oldin deyarli barcha kino afishalarida kulib turgan Alisher Uzoqov yig`lab ham turadimi?

— Ha, faqat sahnada. Mirzo Bobur bilan yig`layapman.

— Mirzo Bobur roli...

— Bolalikdan kutganim. Mana endi menga shunday katta rollar nasib etayapti. Zahiriddin Muhammad Boburdek shaxslarni sahnada ijro etish avvalo aktyorning o`ziga ko`p saboq beradi. Rejissyor Bahodir Yo`ldoshev to`rt yoshimda, ilk bor teatr sahnaga olib chiqqandi. «Kelinlar qo`zg`oloni»dan keyin — yigirma sakkiz yil o`tib, bu buyuk san`atkor bilan ishlash baxtiga yana muyassar bo`ldim.

— Bahodir Yo`ldoshev sizda qanday xislatlarni tarbiyalayapti?

— Ertalab erta uyg`onishni boshladim. Jurnalistlarga sir emas, to tushgacha vokal darslariga qatnashadigan, nutqi ustida ishlaydigan ijodkorlarni topish qiyin. Bahodir aka vaqtni qadrlashni va boshqalarning vaqtini o`g`rilamaslikni talab qiladi. Vaqtida teatrga etib kelib, sahnada turishimiz shart.

— «Diydor» teatr studiyasida dublyoringiz Adiz Rajabov talqinida Bobur...

— Buxorolik Bobur (kuladi). Adiz mahoratli aktyor. Fikrimcha, uning ijrosida qat`iyatli shoh Boburni ko`rasiz. O`zimni o`zim baholay olmayman-u, ammo mening talqinimda bobokalonimizning ko`ngil odami, shoir ekanligiga urg`u bergandekman.

— Eshitishimcha, «Diydor»da mashhur «Arshin mal alan» musiqiy asari ham sahnalashtirilayotgan ekan? Sizni qaysi obrazda ko`ramiz?

— Sultonbek, chol obrazida (kuladi). Hozir qo`shiqlarni yod olayapmiz. Ming marta tomosha qilgan boshqa ekan-u, uning ichida o`zingizning yashashingiz boshqacha ekan. Rosa qiziq.

— Yaqinda «Oskar» mukofotining taqdirlash marosimi bo`ldi. Jeki Changa maxsus mukofot topshirildi. Sizning nazaringizda, bizda Golivvudu Bollivudning manaman degan aktyorlaridan kam bo`lmagan san`atkorlar kimlar?

— Xalqimizda san`atga moyillik kuchli. Haqiqiy iste`dod egasi bo`lgan ijodkorlar talaygina. Faqat imkoniyatlar unchalik kengmas hozircha. Men Farhod Abdullaev, Behzod Muhammadkarimovni alohida e`tirof etaman. Ularda qahramonni his qilish tuyg`usi kuchli.

— Aytganingizdek, san`atga ishtiyoqimiz balandligidan kino olamida ham yangi filmlar premerasi qatorlashib ketayapti. Ular ichida oxirgi marta sizni ta`sirlantirgan film?

— (o`ylanib) Yolqin To`ychievning «Ma`suma»sidan tomoshabin sifatida ham, kino vakili sifatida ham ta`sirlandim. Yolqin akaning uslubini hurmat qilaman. Filmini shunchaki tomosha qilmaysiz, o`yga cho`masiz. Sizni turfa fikrlar, savollar qamrab oladi va uzoq vaqt qo`yib yubormaydi. Rejissura bo`yicha ko`p narsa oldim o`zimga. Aktrisa Shahzoda Matchanovada katta o`sish kuzatilgan. Xalqimizning sevimli san`atkori Dilbar Ikromovaning tamoman yangi qiyofasi, roli hayron qoldirdi. Yolqin aka aktyor-aktrisalarni tanlashni biladi. Dilbar opani «Ma`suma»dagi qahramoni obrazida ko`rish mening xayolimga ham kelmasdi.

— Siz uchun biror rolni o`zingiz tanlashingiz muhimmi yo sizni tanlashlari?

— Meni tanlashlari muhim. Bu sizga ishonch bildirilayotganidan darak beradi. Ishonchni oqlash uchun esa chin dildan harakat qilasiz. Rejissyor bitta rolga kimnidir tasdiqlaguncha bir necha aktyorlarni ko`rib chiqadi. To`xtalgan ijodkoriga ishonadi, undan tabiiy va maromiga etkazilgan ijroni kutadi.

— Kimlarni tinglaysiz?

— Nasiba Abdullaevaning ijodini juda yaxshi ko`raman. Qalbining go`zalligi qo`shiqlariga ko`chgan. Ko`nglingizga bahoriy tuyg`ularni olib kiradi. Sevara Nazarxonning shirali va dardli ovozi yoqadi. Dard hech bir yurakka begona emas. Shunga ham Sevarani tinglash bilan ruhan orom olsam kerak. Jahongir Otajonovning ham muxlisiman. O`zgacha san`atkor.

— Ha, Jahongir Otajanov o`zini qoliplarga solmagan.

— Aytayapman-ku, o`zgacha deb. Ijodkor uchun erkinlik juda muhim. Erkinlikni his qilgan san`atkor ko`ngliga qarshi borib kuylamaydi...

— Alisher, sizga ham ko`nglingizga quloq tutib yashashni tilab qolamiz. Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat!

Shoira ShAGIAHMEDOVA suhbatlashdi.

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot darakchi.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ | Просмотров: 2034 | Добавил: #habarlar, #uznews, #новости, #newsuz, #Yangiliklar, #Yangilik, #ahborot, #news, #xabarlar | Рейтинг: 0.0/0
Tavsiya etamiz:
Материалов за текущий период нет.



Mulliflar uchun
+18

Mulliflar uchun
Mulliflar uchun
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Nilufar Usmonova - Beparvo

Maroqand - Kulib yasha

Manzura - Onamdan ayrildim

Janob Rasul - Yumshoq

Rayhon - O'n besh kun (cover)

Bojalar - Yaxshi ko'rinaman deb

Sevara Nazarxon va Shoxrux - Asta-sekin

Sevinch Mo'minova - Bevafo yor

Munisa Rizayeva - Xayolingdaman

Yulduz Usmonova - Tojiki medonet (feat Malik)


Foydali maslahatlar
TOP yangiliklar
Bu oyda yangilik qo'shilmadi.

>>> DAVOMI...
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Май 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2024 | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. | Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя