Uch-to'rt kundan buyon o'zbek shou-biznesining eng qaynoq xabarlaridan biri Jahongir Otajonov va Alisher Uzoqov o'rtasidagi dahanaki jang bo'lib turibdi. Dastlab Jahongir Otajonov intervyusi chog'ida Alisherga turli ayblovlar yog'dirgan bo'lsa, endi Uzoqov bu ayblovlarga munosib javob berdi. Ya'ni u jurnalist Feruz Muhammadga ixtiyoriy ravishda suhbat o'tkazish taklifi bilan chiqibdi.
Gap-so'zlarga monand ravishda Alisherning ilk so'zlari Jahongir Otajonovning «Alisher menga kelib aytdi, shu ikki ishtirokchidan bittasi chiqib ketishi kerak. Unda men nega keldim», degan aybloviga javob berish bo'ldi.
– Jahongir Otajonovning intervyularini ko'rdim. Ular zo'r odam. O'z fikrini aytadi. Qo'rqmaydi, hech kimdan. Erkin-da! Ijodkorga birinchi navbatda kerak bo'ladigan erkinlik bor, Jahongir akamda. Lekin men azbaroyi mehnatimga achinganim uchun javob bermoqchiman. Misol uchun, o'sha ikki kishidan biri chiqib ketishi kerak, deganim aniq. Bu narsani men hech kimdan yashirmayman. Efirda ham aytishim mumkin. Chunki buning sistemasi shunaqa. Ya'ni o'nta ishtirokchi ishtirok etyapti. Birinchi tur o'tdi. Birinchi turda hech kim chiqib ketmadi. Ikkinchi turda ularga berilgan ovoz bo'yicha va hakamlar qo'ygan ball bo'yicha oxirgi ikkita o'rinda turgan ishtirokchidan biri chiqib ketadi. Ular o'sha «Cover»da qolish uchun kurash olib borishadi. Tushunyapsizmi? Birinchi o'rinda turgan ishtirokchini chiqarib yuborolmayman-ku. 10 ball olib turgan odamni. Afro'zani yoki Yorqinxo'ja Umarovni chiqarib yuborolmayman-ku.
Bu narsani men faqat Jahongir akamga emas, kelgan har bitta mehmonga aytaman. Efirdayam aytaman. Bni boshqacha tushunganlar-da akam. Ha, o'zi hal qilib bo'pti-da, deb o'ylaganlar.
Butun suhbat davomida Alisher Uzoqov Jahongir Otajonov sha'niga biror og'iz yomon so'z aytmagan. Garchi o'zi nohaq ayblanganini ta'kidlayotgan bo'lsa ham. Bu xislati muxlislarining unga bo'lgan hurmatini yana bir pog'ona oshirishi, shubhasiz.
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|