Bolakay onasidan so‘radi: "Nega yig‘layapsiz?”
— Chunki men — ayolman.
— Men tushunmayapman!
Onasi uni bag‘riga bosib dedi: "Buni sen hech qachon tushunmaysan”.
Shunday bolakay otasidan so‘radi: "Nega oyim ba’zan sababsiz yig‘laydi?”
— Hamma ayollar ba’zi-ba’zida sababsiz yig‘laydi, — deya oldi otasi.
Bolakay o‘sib-ulg‘aydi, yigitga aylandi, ammo hamon ajablanardi: "Ayollar nega yig‘larkinlar-a?”
Nihoyat, u Xudodan so‘radi. Xudo shunday javob qildi:
— Ayolni yaratganimda, uning mukammal bo‘lishini istaganman. Unga butun dunyoni ko‘tarish uchun shunday kuchli va bola boshini qo‘yishi uchun shunday nozik yelkalarni berdim. Tug‘ruq va boshqa azoblarga chidashi uchun ruhini kuchli qildim. Boshqalar yiqilganda, oldinga yurishi, yiqilganlarni suyab turg‘azishi, hech shikoyatsiz yordam berishi uchun erk berdim. Bolalarni har qanday vaziyatda, hatto xafa qilganlarida ham yaxshi ko‘rishi uchun unga mehr berdim. Barcha kamchiliklariga qaramay, erini qo‘llab-quvvatlashi uchun kuch berdim. Uning yuragini asrash uchun ayolni qovurg‘adan yasadim. Yaxshi er hech qachon xotiniga atay azob bermasligini tushunishi uchun aql berdim. Va nihoyat, unga ko‘z yosh berdim. Qachon va qaerdaki kerak bo‘lganda, to‘ka olishi uchun. Sen ham ayolning go‘zalligi uning pardozi yoki kiyimlarida emas, yuragiga yo‘l ochadigan ko‘zlarida ekanini tushunishing kerak.