Zarur masalliqlar: xamiriga: 250 gr. un, 120 ml. suv, 1,5 choy qoshiq xamiryumshatgich, 2 osh qoshiq o`simlik yog`i, 1 choy qoshiq shakar, tuz; ichiga solishga: 300 gr. tovuq go`shti, 75 gr. qattiq pishloq, 2 bog` ismaloq, 1 bog` ko`kpiyoz, ko`katlar, 2 dona pomidor, murch, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini maydalab to`g`rab, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring. Ismaloqni maydalab qo`shing-da, bir aralashtirib, olovdan oling.
2. Xamir uchun mo`ljallangan masalliqlarni aralashtirib, xamir qoring-da, ustini sellofan bilan yopib tindiring. Yarim soatdan so`ng uch zuvalaga ajarating. Yana ustini yopib qo`ying.
3. Pishloqni qirg`ichdan o`tkazing.
4. Zuvalalarni o`rtacha qalinlikda yoying. Bir tomoniga avval tovuq go`shtining 3/1 qismini soling. Keyin ustiga maydalab to`g`ralgan pomidor bo`laklarini joylang. Endi pishloqdan sepasiz-da, yarim oy shaklida tugasiz. Uchalasini ham tuggach, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga qo`ying. Pishiriqni issiqligida eyishni tavsiya etamiz.
3 kishilik
1 soatu 40 daqiqa
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot darakchi.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|