Ispaniya chempionati 20-turida "Betis” va "Barselona” futbolchilari o`zaro bahs olib borishdi. Unda 1:1 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.
O`yin davomida "Betis” futbolchilari ancha faol harakat qildi. 75-daqiqada ular hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi.
Keyin "Barselona” ham gol urdi, ammo hakam uni inobatga olmadi. Shunga qaramay, 90-daqiqada Suares Messining uzatmasidan so`ng hisobni tenglashtirdi va jamoasini mag`lubiyatdan saqlab qoldi.
"Betis” – "Barselona” 1:1
Gollar: 1:0 – 75 Alegriya, 1:1 – 90 Suares
"Betis” – Adan, Pichchini, Toshka, Pesselya, Mandi, Sebalos, Pardo (Donk, 69), Petros, Durmisi, Alegriya, Ruben Kastro.
"Barselona” – ter Stegen, Pike, Mate, Din (Alba, 68), Aleish Vidal, Rakitich, Denis Suares (Andre Gomesh, 59), Turan (Serdji Roberto, 68), Neymar, Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Pike (43), Petros (67), Rakitich (70), Ruben Kastro (78), Andre Gomesh (78).
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot darakchi.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|