Воскресенье, 2017-04-30, 8:44 PM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3247]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [313]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [73]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [0]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [1752]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3015]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [24]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [4758]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [657]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [1987]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [119]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [162]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [101]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1041]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [123]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [751]
Восстановление данных - Программы [0]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [1]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [17]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [0]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [0]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [228]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [88]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [13]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 516
Статистика


waplog

Онлайн всего: 143
Гостей: 143
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Февраль » 14 » ​Bexosiyat uy

10:48 PM
​Bexosiyat uy
Hozir izlayotgan odamlaringiz bu uyda bor-yo`g`i sakkiz yil yashashdi

Shahodat juda sinchkov. Buning ustiga, o`ta qiziquvchan. Bir narsa ko`ziga ajabtovur ko`rindimi, tamom, shuni miridan-sirigacha o`rganmasdan qo`ymaydi. Mana, necha oydirki, uy izlyapti. Viloyat markazida olti yildan buyon sotilmay turgan hovlining oldidan o`tib ketadi-yu, uning eshigiga osilgan e`londagi raqamlarni qayta-qayta teradi. Ammo doim "Bu raqam bilan vaqtincha ulanolmaymaysiz” degan shirinsuxan xonimning ovozini eshitadi.

Hovlining shundoq oldida daraxtlar bor. Tashqi tomondan qaraganda tuppa-tuzuk uy. Darvozalari ham mustahkam. Mana shunday uyi bo`lishini ijarada yashab o`tirgan qaysi kishi istamaydi, axir. Oxiri Shahodat shu hovliga yondosh uy egalari bilan bir surishtiruv o`tkazishga qaror qildi.

— Voy, bu hovli sotuvga qo`yilganiga olti yil bo`ldiyov, — eshikni darrov ochgan ayol Shahodatning «Uy egalarini qanday topsam bo`ladi» degan savolidan hayajonlanib so`zga tushdi.

— Nega hech sotilmayapti?

— Voy, siz shu erlikmasmisiz? —ayolning ko`zlari katta-katta bo`lib ketdi.

Shahodat dabdurustdan shu erlikmasmisiz degan so`roqdan hayron qoldi.

— Yo`q, yaqinda ko`chib keldik. Asli Kogonlikmiz.

— Tushunarli, — bosh chayqadi ayol. — Unda kiring, bir piyola choy ustida gaplashamiz, mehmon, — deya Shahodatni uyi tomon boshladi.

— Men yigirma yil oldin shu mahallaga kelin bo`lib tushganman. O`shanda ham bu uyda biror zog` yashamasdi. Uy ham xarobadan farq qilmasdi. Bugun sizning ko`zingizni o`ynatayotgan daraxtlarning birortasi yo`q edi. Qaynonam saharda turib darvoza oldini supurishga chiqqanimda qattiq tayinlagani hamon yodimda.

— Sohibaxon, o`zingiz yolg`iz chiqmang. O`g`lim yoningizda tursin. Keyin ikki qulog`ingizga zirakdek ilib oling, aslo mana bu xarobo uy tomon o`tmang.

Men hayron qolganman. Tabiiyki, turmush o`rtog`imdan qaynonam nega bunday shart qo`yganini so`raganman.

Bilasizmi, siz xaridor bo`layotgan hovli bexosiyat. U erga kim ko`chib kelsa, bir baloga yo`liqqan bo`larkan. Men kelin bo`lib kelgunimcha, uch oila yashagan, birining o`g`li oddiy ari chaqqanidan o`lgan, bir gal uy yonib ketgan, bir egasining esa oyoq-qo`li shol bo`lib qolgan, — ayol gap orasida yoqasiga tuflab qo`yishni unutmadi. — Hozir izlayotgan odamlaringiz esa o`n besh yilcha avval ko`chib kelishdi. Hamma "Bu uyning fayzi yo`q, boshingga musibat tushadi” desa ham, arzon-garov olishdimi, nima balo, hech kimga quloq osishmadi. Rosa daraxtlar ekishdi, ta`mirlashdi, bir yil deganda epaqaga keltirishgandi, besh yashar o`g`illarini shundoq ko`chada mashina urib ketsa bo`ladimi... Xudo qayg`urdiki, bola omon qoldi. "Biz sizni ogohlantirgandik” deya qo`ni-qo`shni aytsa ham, "Peshanada borini ko`ramiz”, deb sakkiz yil shu erda yashashdi.

Shahodat qo`rquvdan titray boshladi. Hamsuhbati aytgan har bir voqea ko`z o`ngidan o`tib, uni larzaga solardi. Axir yuragi toshmas, uch bolaning onasi u ham.

— Keyin-chi... — dedi u ovozi titrab. — Nahot avtohalokatdan omon qolgan bola dunyodan ko`z yumgan bo`lsa?

— Yo`q, Mirsodiq akani poytaxtga ishga chaqirishdi, shu bilan ko`chib ketishdi. Ammo uy ko`rib turganingizdek sotilgani yo`q. Kim ham oladi, deysiz?

Shahodat mezbonga rahmat degancha, katta sariq rangli qog`ozga yozilgan e`lon tomonga qaramasdan tez-tez yurib ketdi.

Uynnig bexosiyatligini bildi-yu, sirini anglolmadi. Xuddi boshqalardek.

Urush yillarida xuddi shu hovli o`rnida raisning uyi bo`lgani, u butun qishloq ocharchilikdan qiynalgan bir paytda xalqning nonini o`g`irlab bolalariga edirgani kasofati nevarasiga urganini qishloqning bugungi odamlari bilmaydi. Ikkinchi egasi zino yo`llariga yurgani haqida ham oldingilar bilishardi. Uchinchisi esa shifokor bo`la turib, bemorlarning cho`ntagiga qarab, operasiyalar o`tkazgan edi. Shu hovlini obod qilishga uringan Mirsodiq aka esa bir odamning iltimosini katta pora evaziga bitkazib bermoqchi bo`ladi. Shu kuni belgilangan uchrashuv payti esa o`g`li avtohalokatga uchrab, bu niyatidan qaytadi...

Ha, odamlar bexosiyat deya uyni ayblashadi, uning devorlari adashgan kishilarning gunohiga guvohligi haqida esa o`ylab ham ko`rishmaydi.

MUXLISA

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot darakchi.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:

Супер Новости:
Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 122 | | Теги: #uznews, #habarlar, #newsuz, #новости, #Yangiliklar, #Yangilik, #ahborot, #xabarlar, #news | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *:

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Корзина
Ваша корзина пуста
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:

FOYDALI MASLAHATLA
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.BePuL.NeT
  • UzbKino.NeT
  • Zustars.BiZ
  • Turk-Film.com

  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2017