Четверг, 2024-03-28, 8:58 PM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10089]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1547]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [142]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3140]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8267]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [88]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9317]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [2012]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2026]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [303]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [29]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [124]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2763]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [276]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2353]
Восстановление данных - Программы [4]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [1]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ADOBE AFTER EFFECTS FREE PROJECTS / БЕСПЛАТНЫЙ Проекты After Effects / Проекты АФТЕР ЭФФЕКТС [13]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [190]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [49]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [504]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1153]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [27]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [48]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [180]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [98]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [59]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [14]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [244]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
HIKOYALAR +18 (KATTALAR UCHUN HIKOYALAR) / ХИКОЯЛАР +18 (КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР) [60]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР / JINSIY YAQINLIKLAR / ZO'RLANGAN AYOLLAR
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 1045
Статистика



Онлайн всего: 32
Гостей: 32
Пользователей: 0


Главная / Bosh sahifa » 2019 » Январь » 5 » Birinchi nikoh kechasi haqida / Биринчи никох кечаси хақида / Чимилдиқ ҳақида

5:04 PM
Birinchi nikoh kechasi haqida / Биринчи никох кечаси хақида / Чимилдиқ ҳақида
Qo‘rquv, oy ko‘rish va kutilmagan vaziyatlar
– Bir oydan so‘ng to‘yim bo‘ladi. Turmushga chiqqan dugonalarim qattiq hayajonlansang, to‘y kuni hayz boshlanib qolishi mumkin deyishayapti. Shu rostmi? Agar tinchlantiruvchi biror dori ichib olsamchi, zarari yo‘qmi? Rostan ham oy kunim boshlanib qolsa nima qilaman?

Ismi sir tutildi.

Mushtariymizning murojaatidan kelib chiqib, sahifamizning bu galgi sonini to‘y arafasida turgan qizlarga bag‘ishladik. Bilishimizcha, bo‘lajak kelinchaklarimizni o‘ylantirgan holatlar talaygina. To‘g‘ri, yangalari bor, tushuntiradi deyishingiz mumkin. Ammo qizlar so‘ray oladigan va aksincha haddi sig‘maydigan vaziyatlar borligini ham unutmaylik-da.

Mutaxassis androlog-seksopatolog Dilmurod ERGAShEV.

Oy kunlarining surilishi...

Aksariyat kelinchaklarda kuzatiladigan holat. Xo‘sh, buning sababi nima? Stress, ko‘p asabiylashish, jismoniy va ruhiy zo‘riqish, gormonal holat o‘zgarishlari...

To‘y kunidagi hissiyotlarni boshqarish qiyinligi rost. Axir ikki-uch yuz kishining diqqat markazidasiz-u, hayajonlanmay bo‘ladimi?! Biroq shunda ham o‘zingizni qo‘lga olishga harakat qiling. Chunki emotsional holatdagi qisqa buzilishlar hayz ko‘rish, ayrimlarda bosh va mushaklarda og‘riqqa ham sabab bo‘ladi. Tinchlantiruvchi yoxud og‘riqsizlantiruvchi preparatlarga yaxshisi murojaat qilmang (agar jiddiy sababingiz bo‘lmasa). Ushbu turdagi vositalarning aksariyati qonni suyultirishi bu esa hayz miqdorining ortishiga olib kelishi mumkin.

Birinchi nikoh kechasi kelinchakning hayzi boshlanib qolsa, qovushilmaydi. Buni yaxshi bilasiz. Ammo ayrim uddaburon yangalar, «Ajralma miqdori oz bo‘lsa, zarari yo‘q, vaqtni cho‘zmaylik» deya tavakkal qilishdan ham cho‘chimaydilar. Vaholanki, bunday holatda qovushish tibbiyotda ham, dinimizda ham man etiladi.

Og‘riq haqida...

Yodingizda bo‘lsa sahifamiz orqali vaginizm haqida sirlashgandik. Qin mushaklarining spazmi bilan kechadigan vaginizm yaqinlikka monelik qilib, er-xotin qovusholmaydi. Kasallik sabablari orasida birinchi nikoh kechasidan hadiksirash, xususan og‘riq haqidagi tasavvurlar ham bor.

Aslida, ham ilk kechada og‘riq bo‘ladimi yoki yo‘q? Bu avvalo kuyovning muomalasi, xatti-harakati va kelinchakning umumiy ahvoliga bog‘liq. Tana qanchalik zo‘riqsa, mushaklar taranglashadi. Natijada qovushish payti og‘riq yoki qindan qon ketishi ham mumkin. Chunki bu paytda qin mushaklari tortilib, qovushishni osonlashtiradigan shilimshiq modda ajralishi yuz bermaydi.

Og‘riq, jinsiy a’zo kasalliklari tufayli ham kelib chiqishi mumkin. Shu bois ham to‘ydan avvalgi tibbiy tekshiruv g‘oyat muhim sanaladi.

Bokiralik pardasi saqlanib qolsa...

Ajablanmang, shunaqasi ham bo‘ladi. Aslida, iffat pardasi qin dahlizi va uning bo‘shlig‘i orasida taxminan 1,5-3 sm. ichkarida joylashgan shilliq qavat burmalaridan iboratdir. Gimen, ya’ni qizlik pardasi anatomik tuzilishiga ko‘ra bir necha turlarda farqlanadi. Tibbiyotda qizlik pardasining buzilishi defloratsiya deb atalib, bu hodisa birinchi nikoh kechasi yuz beradi. Defloratsiyaning sodir bo‘lmasligi qizlik pardasining cho‘ziluvchanligi, mustahkamligiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, iffat pardasi qon-tomirlar va asab tolalari bilan o‘ta siyrak ta’minlansa yoki ulardan butunlay xoli bo‘lsa, qon chiqishi va og‘riq ro‘y bermasligi ehtimoli mavjud.

To‘ydan keyin bir necha kun davomida defloratsiya sodir bo‘lmasa, shubhaga berilmay ginekolog ko‘rigiga borish zarur. Mutaxassis qizlik pardasida kichik kesimlarni amalga oshirib, defloratsiya osonlashishi uchun imkon paydo qiladi.

Birinchi qovushishdan so‘ng 3-5 kun davomida jinsiy yaqinlikdan saqlanish lozim. Shu kunlar davomida gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilsa, qizliq pardasining chekkalari bitib, keyingi aloqa og‘riq va asoratlarsiz kechadi.

Asossiz tushunmovchiliklar

Ba’zida qovushishdan so‘ng qizlik pardasining buzilishi evaziga ajralgan qon suyuqligi ichga ketib qoladi. Bunga sabab qovushish yuz berganidan so‘ng kelinchakning cho‘kkalab o‘tirmaganidir. Shuni deb ko‘p hollarda asossiz tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin.

Gohida esa kelin-kuyov qovusha olmaydi. Bunga har ikkisi tarafdan ham ma’lum sabablar bo‘lishi mumkin. Masalan:

– Kelinning jinsiy qovushishga ruhan tayyor bo‘lmasligi;

– Birinchi nikoh kechasi haqida turli uydirmalarga ishonish;

– Qo‘shilish vaqti kuyovga me’yoridan ortiq qarshilik ko‘rsatish, oyoqlarni qisib olish, itarish, jismoniy og‘riqdan xavfsirash erkak jinsiy maylini keskin so‘ndiruvchi omillardir.

O‘z o‘rnida yigit tomonidan ham ayrim xatolarga yo‘l qo‘yiladi:

– Yorini qovushishga tayyorlay olmaslik;

– Ayol jinsiy a’zolarining tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlarini tushunmaslik;

– Turli xil yallig‘lanish kasalliklari sabab mizoj susayishi;

– Jismoniy va ruhiy zo‘riqish, surunkali charchoq.

Yangalarga aytar so‘zimiz...

Zimmangizga yuklatilgan vazifaga yengil qaramang. Imkonini topib, to‘ydan bir necha hafta (bir necha kun emas!) ilgari kelinchak bilan bafurja suhbatlashing. Birinchi nikoh kechasini qanday tasavvur qiladi, bu haqida nimalarni biladiyu, qay taxminlariga aniqlik kiritishingiz kerak. Albatta so‘rang. Qovushish oldidan tahorat olish, undan keyin yuvinish qoidalarigacha erinmay o‘rgating. Bu keyingi hayoti uchun ham asqotadi. Er-xotin o‘rtasidagi nozik munosabatlarning ahamiyati, aslida ular qanday bo‘lishi kerak tushuntiring. Iloji boricha, soddaroq tilda gapirganingiz ma’qul. «Shu ish bo‘lmasa, boshimiz xam bo‘ladiya» kabi po‘pisalarni esa bas qiling. Qizgina shundoq ham turli o‘ylar bilan band. Kamiga siz ham uni tashvishga qo‘ymang. Yaxshisi qovushish vaqti nimalarga amal qilishi, o‘zini qanday tutishi singari holatlarni o‘rgating.

Ha-ya, eshik ortida poyloqchilik qilishingizni takrorlayverib, yoshlarning ko‘ngliga g‘ulg‘ula solmang. Bu ham qovushish payti havotirni paydo qilib, «Eshitib qolishsachi?» degan xayolga chorlayveradi.

Kuyovlar uchun...

– Birinchi nikoh oqshomidan asosiy maqsad tezroq qovushib, defloratsiyani amalga oshirish deb o‘ylamang. Ilk kecha taassuroti keyingi hayotingiz uchun muhimdir.

– Yoringizni suyib-erkalang, undagi vahimani bartaraf etish uchun shirin so‘zlarni ayting. Aslo qo‘rslik qilmang.

– Juftingiz o‘zini yengil sezishi uchun undagi jinsiy maylni qo‘zg‘atish lozim. Shunda qovushish oson kechadi.

– To‘y yugur-yugurlari xoldan toydirib, birinchi kechada jinsiy maylning sustligi kuzatilishi mumkin. Ammo bu vaqtinchalik holat. O‘zingizni qo‘lga oling.

– Qovushish vaqti mijoz sustligi kelib chiqsa, vahima qilmang. Bu qattiq hayajon ta’siridan. Biroz tinchlanib oling.

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot ayol.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ | Просмотров: 4802 | Добавил: | Рейтинг: 0.0/0
Tavsiya etamiz:
Материалов за текущий период нет.



Mulliflar uchun
+18

Mulliflar uchun
Mulliflar uchun
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Nilufar Usmonova - Beparvo

Maroqand - Kulib yasha

Manzura - Onamdan ayrildim

Janob Rasul - Yumshoq

Rayhon - O'n besh kun (cover)

Bojalar - Yaxshi ko'rinaman deb

Sevara Nazarxon va Shoxrux - Asta-sekin

Sevinch Mo'minova - Bevafo yor

Munisa Rizayeva - Xayolingdaman

Yulduz Usmonova - Tojiki medonet (feat Malik)


Foydali maslahatlar
TOP yangiliklar
Bu oyda yangilik qo'shilmadi.

>>> DAVOMI...
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2024 | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. | Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя