Erta tongda uyg‘onish va hamma uxlayotgan bo‘lishiga ham qaramasdan do‘stlarim bilan o‘ynash uchun ko‘chaga shoshilishni;
Ko‘rinishim qanaqa ekanligiga umuman e’tibor qilmaslikni;
Kimnidir yoqtirib qolishdan qo‘rqmaslikni;
Ko‘chada o‘ynab kiyimlarimni kir qilib uyga kelishni;
So‘kinish eng yomon odat ekanligini;
Mish-mishlar, g‘iybatlar umuman bo‘lmagan paytlarni;
Yuqori sinf bitiruvchilarining bir-birlarini tabriklashlarini; o‘sha paytdagi gullar, maktab hovlisiga sepilgan suv hidini;
Soatlab vaqtimizni internetga sarflamagan paytlarimizni;
Qizlar bor yo‘g‘i uyga vazifani qilmay kelgan paytlarida yig‘lashlarini;
Sayrga chiqqanda oyimning qo‘llarini ushlab yurishni;
Multfilmning 5 daqiqali davomini bir kun kutishni;
Kun bo‘yi yozib o‘tirmagan paytlarimizni…
Hali yana davom etamiz, bizni kuzatib boring...