Четверг, 2017-06-29, 4:14 AM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3371]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [321]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [73]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [0]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [1803]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3094]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [24]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [4793]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [657]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [1987]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [119]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [162]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [101]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1126]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [139]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [757]
Восстановление данных - Программы [0]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [1]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [17]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [0]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [0]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [247]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [96]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [13]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 536
Статистика


waplog

Онлайн всего: 17
Гостей: 16
Пользователей: 1
velmabv60
Главная » 2017 » Февраль » 9 » ​Boshingiz aylanmasin!

9:41 AM
​Boshingiz aylanmasin!
«Muhabbatdan, omaddan yoki boylikdan boshi aylanib qoldi», deymiz bu holatni majoziy ma`noda qo`llab. Ammo, aslida, bosh aylanishi ayrim kasalliklarning klinik belgisi ekanligini ham unutmasligimiz lozim. Ko`pchiligimizga tanish muammo haqida to`liq ma`lumotni oliy toifali shifokor-nervopatolog Oybek PARDABOEV beradi.

Bosh aylanishi o`zi nima?

Sodda qilib aytganda kishiga atrofidagi predmetlar aylanayotgandek bo`lib tuyulishi — bosh aylanishi hisoblanadi. Sog`lom odam proprioseptiv, ko`rish va vestibulyar tizimlar yuborgan impulslar yordamida tananing muvozanatini saqlab turadi. Agar bosh miyaga yuborilayotgan impulslar buzilsa, u atrofdagi predmetlarni harakatlanayotgandek qabul qila boshlaydi. Іar bir insonning qulog`ida bug`doy doni kattaligidagi suyak mavjud bo`lib, shu suyak tibbiyotda vestibulyar apparat deyiladi. Vestibulyar apparat yuborgan impulslar tanamizning muvozanatini ta`minlashga xizmat qiladi. Miya esa o`z navbatida shu olingan axborot asosida gavdaning keyingi harakatlarini belgilaydi. Ko`p hollarda bosh aylanishi aynan mana shu suyakdagi muammolar tufayli yuzaga kelishi mumkin.

Sababi nimada?

Bugungi kunda bosh aylanishining 80 ga yaqin sabablari aniqlangan. Shulardan eng ko`p uchraydiganlarini sanab o`tamiz.
Miya faoliyatining buzilishi. Odatda kichikmiyada patologik o`zgarishlar kuzatilsa, bemor bosh aylanishidan shikoyat qiladi. Bunday turdagi bosh aylanishini miyadagi o`simta, bosh suyagining lat eyishi, gidrosefaliya, miya qon tomirlari faoliyatining buzilishi, umurtqaning bo`yin qismi lat eyishi, umurtqa churrasi keltirib chiqarishi mumkin. Birdaniga sodir bo`ladigan kuchli bosh aylanishi esa kichikmiya infarkti alomatlari qatoriga kiradi.
Psixologik sabab. Odatda bunday bosh aylanishi kuchli charchoq, qattiq hayajonlanish, emosional holatning keskin o`zgarishi oqibatida yuzaga keladi. Bunda bemor kalovlanish, madorsizlik, fikrlashdagi noaniqliklardan shikoyat qilishi mumkin.
Quloq patologiyasi. Vestibulyar apparatdagi o`zgarishlar yoki quloqni tomoq bilan bog`lovchi naycha nervi va tomirlariga ziyon etganida ham bosh aylanishi kuzatiladi. Bunday turdagi bosh aylanishi odatda quloqda shovqin va og`riq paydo bo`lishi, eshitish qobiliyatinining susayishi yoki yo`qolishi bilan namoyon bo`ladi.
Ko`rish tizimidagi muammolarda. Sog`lom odamlarda ko`zni haddan tashqari toliqtirish tufayli ham bosh aylanishi singari noxush holat kuzatilishi mumkin. Shuningdek, ko`z mushaklari falaji xastaligi ham bosh aylanishini keltirib chiqaradi.
Tashqi ta`sirlar. Miya faoliyatida glyukoza moddasining ahamiyati katta. Shu sababli uzoq muddatli va cheklovlari ko`p parhezlarga amal qiladigan ayollar tez-tez bosh aylanishidan shikoyat qiladilar. Bundan tashqari, ovqatdan zaharlanish va oddiygina quloqda kir to`planib qolishi ham noxush holatga olib kelishi mumkin.

Belgisi bitta, xastalik esa ko`p
Yodingizda bo`lsin, bosh aylanishi o`z-o`zidan yuzaga keluvchi holat emas. U, albatta, qaysidir xastalikning alomati sifatida namoyon bo`ladi. Undan xalos bo`lishga kirishar ekansiz, avval bosh aylanishini keltirib chiqargan xastalikni aniqlab, keyin davo choralarini ko`rishingiz lozim.
• Agar bosh aylanishi eshitish qobiliyatining sustlashishi va quloqda ajralmalar bilan birgalikda kechsa, ichki quloq yallig`lanishini tahmin qilish mumkin.
• Muntazam chanqoq, qusish, eshitish qobiliyatining pasayishi, quloqdagi shovqinlar Maner sindromi tashxisiga asos bo`la oladi. Eshitish qobiliyati susaymagan holatda esa vestibulyar apparat nevriti tahmin qilinadi. Nevritda kutilmaganda kuchli bosh aylanishi yuzaga keladi. Bemor turish yoki harakatlanishga intilsa, noxushlik yanada kuchayadi.
• Quloqda kuchli shovqin tursa, to`satdan bir tomonlama karlik paydo bo`lsa va bemor qayt qila boshlasa, perilimfatik fistul tashxisi qo`yilishi mumkin. Shuningdek, eshitish qobiliyatining susayishi va kuchli yoki kuchsiz bosh aylanishi ham ushbu xastalikning belgilaridan hisoblanadi.
• Bosh aylanishi va bir tomonlama eshitish qobiliyatining yo`qolishi bezovta qilsa bosh miyada o`simta bor yo`qligini tekshiritirish tavsiya etiladi. Odatda o`simta xastaliklaridagi engil bosh aylanish, vaqt o`tishi bilan kuchlisiga o`rnini bo`shatib beradi. Bundan tashqari gavda ma`lum holatlarda bo`lganida bosh aylanishi kuchaya boradi.
• Insultda esa bosh aylanishi qo`l va oyoqlarning bemajolligi, harakatlanish muvozanatining buzilish va sezuvchanlikning yo`qolishi bilan namoyon bo`lishi mumkin.
• Agar bemorda bosh aylanmay turib muvozanatni yo`qotish holati kuzatilsa, noturg`unlik yuzaga kelsa, harakatlanish jarayonida bo`yinda og`riqlar kuzatilsa, bo`yin sohasini tekshirtirish lozim.
Muammoni aniqlaymiz!
Shifokorning eng birinchi qiladigan ishi xastalikning sabablarini aniqlash hisoblanadi. Buning uchun anamnez yig`ish bilan birga EKG, qonning umumiy tahlili, umurtqaning bo`yin qismini rentgen qilish, bosh miya MRTsi tekshiruvlari tayinlanishi mumkin.
Shifoxonaga borguncha esa...
• Birinchi navbatda, boshi aylanayotgan kishini tekis joyga yotqizish talab etiladi. Bunda elka va bosh baravar balandlikda bo`lishi muhim. Oyoqlarni ko`tarib qo`yish ham miyada qon aylanishini yaxshilaydi. Shundan keyin, albatta, xonaga toza havo kirishini ta`minlash, deraza va eshiklarni ochib qo`yish kerak.
• Agar bosh aylanishi vestibulyar apparatdagi muammolar bilan izohlansa, bemorga achchiq va sho`r maxsulotlarni tanovul qilish mumkin emas. Shuningdek, shifokor kundalik ichiladigan suv miqdorini kamaytirishni tavsiya qilishi yoki peshob haydovchi preparatlarni tayinlashi mumkin.
• Ko`pchilik qahva miyani tetiklashtiradi, uyquni qochirib, ishchanlikni oshiradi, degan fikrda. Lekin bosh aylanishidan aziyat chekuvchi bemorlarga qahva ichish mumkin emas.
• Bosh aylanishi tezroq o`tib ketishi uchun ikki qosh o`rtasidagi nuqtani ko`rsatkich barmoq bilan bosish mumkin.
• Qon aylanishini yaxshilish maqsadida kontrast dush qabul qilish ham samara beradi.
KAMOLA tayyorladi.

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot darakchi.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:

Супер Новости:
Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 106 | | Теги: #habarlar, #uznews, #новости, #newsuz, #Yangiliklar, #ahborot, #Yangilik, #news, #xabarlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *:

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Корзина
Ваша корзина пуста
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:

FOYDALI MASLAHATLA
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.BePuL.NeT
  • UzbKino.NeT
  • Zustars.BiZ
  • Turk-Film.com

  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2017