Qizil, sariq va yashil bulg`or qalampirlarning har birining o`z rangiga xos xislati bor. Qalampirning ayniqsa, achchiq qalampirning foydali xususiyatlari bilan tanishgan tibbiyot xodimlari, tabiblar undan har xil kasallarni davolashda, ayniqsa inson tanasini tetiklashtiruvchi dorivor sifatida foydalana boshladilar.
Bulg`or qalampiri:
— Ovqat hazm qilish faoliyatini yaxshilaydi;
— mikroblarni yo`qotadi;
— tanadagi issiqlik quvvatini oshiradi;
— kayfiyatni yaxshilash va asab tizimini me`yorida saqlash xususiyatiga ega.
Me`yorni ham unutmang!
Lekin, oshqozon-ichak, jigar va buyrak xastaliklari bor kishilar achchiq qalampirdan o`zlarini saqlaganlari ma`qul. Tibbiyot olimlarining aniqlashicha, shirin qalampirning tarkibidagi R vitamini qon tomirlari uchun eng zarur dorivor hisoblanadi. Uni qanday holatda, ya`ni salatlarga qo`shibmi yoki undan biror-bir tansiq ovqat tayyorlab iste`mol qilishdan qat`i nazar, inson tanasi uchun foydasi beqiyos.
50 gramm bulg`or qalampiri— S vitaminining sutkalik dozasini beradi
Ayniqsa shirin qalampirni xomligicha iste`mol qilish juda foydali . Shirin qalampirni barcha sabzavotlar ichida tarkibidagi S vitamini ko`pligi uchun ham chempion desa bo`ladi. Agar atigi 50 gramm shirin qalampir iste`mol qilsangiz, tanangiz uchun zarur bo`lgan bir sutkalik vitamin S ni olasiz. 100 gramm shirin qalampirdan tanangiz uchun yana zarur bo`lgan 15 kalloriya quvvat ham olasiz.
Qizil qalampirni shifokorlar holsizlanib qolganlarga quvvat beruvchi sifatida tavsiya etadilar. Sababi, tarkibidagi rux moddasining va S vitaminining miqdori boshqadagilardan ko`proq bo`lib, foydasi ham tanada tezda seziladi. Qizil qalampir kamqonlik xastaligida eng yaxshi dorivor hisoblanadi.
Sariq rangli qalampirning ham foydasi beqiyosdir. Sariq qalampirda inson umrini uzaytirish xislatiga ega bo`lgan vitamin va moddalar boshqalardagidan ko`proq ekan.
Yashil qalampir biroz taxir bo`lsada, inson bosh miyasi uchun foydali. Tarkibidagi shirinlik va ozroq achchiqligi inson organizmidagi charchoqni olishda, kayfiyatni yaxshilashda ijobiy ta`sir qiladi.
Shirin qalampir
Ichak og`riqlarida shirin qalampir va sabzi sharbati teng miqdorda aralashtirib, ichiladi.
Bosh miya sklerozi, gipotoniyada har kuni qizil qalampir tanovvul qilish kerak.
Ertalablari och qoringa bir-ikki dona shirin qalampir iste`mol qilishdan ko`zlar ravshan tortadi va chiroyli yaltillab turadi. Tadqiqotchilar fikriga qaraganda, kompyuterda doimiy ravishda ishlovchilar har kuni bir necha dona shirin, ayniqsa yashil qalampirni eyishsa, ko`zlaridagi charchoq ketadi.
Achchiq qalampir
— Radikulitda. 2 dona qalampir 1,5 stakan nashatir spirt bilan aralashtiriladi va 2 haftaga qorong`u joyda saqlanadi. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turish lozim. Og`riyotgan joyga surtiladi.
— Qarilikning oldini olish uchun 1 choy qoshiq achchiq qalampir 500 gr yog` va 200 gr asal aralashtiriladi va kuniga 4-5 marta 1 osh qoshiqdan ichiladi. Lozim bo`lsa, davolash kursini 3 oy o`tib qaytarish mumkin.
— Bo`g`imlar og`riganda, radikulit, revmatizm va shamollashdan og`riq paydo bo`lganida achchiq qalampirdan quyidagicha surtma tayyorlab foydalanish mumkin: 30 gramm achchiq qalampirga 200 gramm 70 foizlik spirtdan solib ikki hafta salqin joyga qo`yib qo`yasiz. Ikki haftadan so`ng 1:3 tarkibda ya`ni tayyor sharbatning bir qismiga uch qism o`simlik moyidan qo`shib og`rigan joyingizga malham sifatida surtasiz.
Sevara Nishonova tayyorladi