 Istirohat bog'inda bir sanamni uchratdim, Uchratdim-u, «Oh» dedim va sigaret tutatdim, Yurak qurg'ur depsindi. Uni arang yupatdim. Qizlar masalasinda qani, bizdan o'z, jo'ra, Hali qarib qolmadik, bizda ham bor ko'z, jo'ra. Tor shim sanam qomatin ko'z-ko'z qilib qo'yardi, Kamina dod solishdan zo'rg'a o'zni tiyardi, Eh, yangang bilsa bormi, naq ko'zimni o'yardi. Qizlar masalasinda qani, bizdan o'z, jo'ra, Hali qarib qolmadik, bizda ham bor ko'z, jo'ra. Ovro'pacha ko'ylakning tugmachasi qaydadir, Qurmag'ur oppoq siyna ko'zga yaqin joydadir, O'ylovdimki, ko'rkamlik osmondagi oydadir. Qizlar masalasinda qani, bizdan o'z, jo'ra, Hali qarib qolmadik, bizda ham bor ko'z, jo'ra. Illo, bunday sanamning ko'pin ko'rib o'tgandim, Bodom qovoq deganin ko'p bor ko'zga surgandim, G'uncha labni bir qoshiq sutga solib yutgandim. Qizlar masalasinda qani, bizdan o'z, jo'ra, Hali qarib qolmadik, bizda ham bor ko'z, jo'ra. Xayol ketdi… Sahroning o'rtasinda chodirmish, Shundoqqina tegramda o'n besh chog'li shotirmish, Sanamjon ko'z suzgancha naq qo'ynimda yoturmish. Qizlar masalasinda qani, bizdan o'z, jo'ra, Hali qarib qolmadik, bizda ham bor ko'z, jo'ra. Yo'q, yo'q… Har bir yigitni halolidan qo'ymasin, Ko'chadagi sanamlar begonani suymasin, Bizni bilgan-bilmagan devonaga yo'ymasin. Qizlar masalasinda qani, bizdan o'z, jo'ra, Hali qarib qolmadik, bizda ham bor ko'z, jo'ra. Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|