Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2014-yilning eng yaxshi darvozabonini aniqladi, deb xabar bermoqda "Olamsport. O‘tkazilgan so‘rovda eng ko‘p ochko Germaniya terma jamoasi hamda "Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyerga berildi.
Yilning eng kuchli darvozabonlari:
1. Manuel Noyer ("Bavariya”/Germaniya, 216 ochko)
2. Tibo Kurtua ("Atletiko”/"Chelsi”/Belgiya, 96)
3. Keylor Navas ("Levante”/"Real”/Kosta-Rika, 46)
4. Janluiji Buffon ("Yuventus”/Italiya, 26)
5. Klaudio Bravo ("Real Sosyedad”/"Barselona”/Chili, 16)
6. Serxio Romero ("Monako”/"Sampdoriya”/Argentina, 14)
7. Gilyermo Ochoa ("Ayachcho”/"Malaga”/Meksika, 13)
8. Petr Chex ("Chelsi”/Chexiya, 4)
9–10. Ugo Lyoris ("Tottenxem”/Fransiya, 2)
9–10. Vinsent Enyama ("Lill”/Nigeriya, 2).
Ta’kidlash joiz, dunyoning kuchli 10 darvozaboni safiga Ispaniya terma jamoasi hamda Madridning "Real” klubi posboni Iker Kasilyas kiritilmadi.
Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
|