Пятница, 2024-03-29, 2:37 AM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10089]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1547]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [142]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [17]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3140]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8267]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [88]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9317]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [2012]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2026]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [303]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [29]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [124]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2763]
Заработок в интернете / Pul ishlash [1]
Pazandachilik / Кулинария [276]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2353]
Восстановление данных - Программы [4]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [2]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [1]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ADOBE AFTER EFFECTS FREE PROJECTS / БЕСПЛАТНЫЙ Проекты After Effects / Проекты АФТЕР ЭФФЕКТС [13]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [618]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [122]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [190]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [49]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [504]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1153]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [27]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [48]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
ISLOMIY MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / МАРУЗАЛАР [180]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [98]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ ХАЁТ [59]
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ [14]
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT [244]
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
HIKOYALAR +18 (KATTALAR UCHUN HIKOYALAR) / ХИКОЯЛАР +18 (КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР) [60]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР / JINSIY YAQINLIKLAR / ZO'RLANGAN AYOLLAR
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 1045
Статистика



Онлайн всего: 32
Гостей: 32
Пользователей: 0


Главная / Bosh sahifa » 2015 » Апрель » 26 » Hayotiy hikoya

9:58 PM
Hayotiy hikoya
— Neg¬¬¬a? Nega turq-qini teskari qilib, b-basharasini buzmading?! Nima uchun yoqasini yirtib, nohaqligini betiga aytmading?!! Jag’ini sindirib gapirolmaydigan, tilini chiqarolmaydigan qilmading-mi?!! — deb bo’g’zimdan oladi ichimdagi haqgo’y bir zot. — Ko’r ko’zlarni katta ochmaganligim uchun ko’ksimni mushtlayman. Ularni bir musht urib ketadigan xumorim o’rniga o’zimni ming musht urganday qiynoqqa tushaman. Ana shunday paytlarda o’zimdan-o’zim nafratlanib ketaman. Shu bilan kelajak hayotimda bu kabi dilxiraliklarga duchor bo’lmayman. Dil-jigarimni timdalayotgan tirnoqlarni tishli omburimda sug’urib rohat buloqchasi tomonlarga sayohat qilaman. Yillar o’tgan esa-da, nohaqlikka qarshi turib berolmaganimdan o’z-o’zimdan jirkanib "afsus” ko’rpasiga yuzimni bosib ho’m-ho’m yig’layman.


QIZILISHTON

— Shu qiz qaysi ulovga chiqsa, men ham chiqaman! Qaysi bekatda tushsa men-da tushaman, — deya o’zimga-o’zim gapirib yurgan kezlarim.

Shaharga kelganimning ilk kunlari emas-mi, har nuqtaga suqlanib boqaman. Ichida kalakalab hayrona boqqan qizlarning nigohidan o’zgacha ma’no ilg’ab osmonlarga uchaman. O’zimga bo’lgan ishonch yana-da ortadi. Qiyo boqmagan qizlarga achinganday qarayman. "Hah... keyin afsus qilasan-da!” Har ikki holda ham ko’ngil taskini bor. Qarasa... qaramasa ham... Shodlikdan shodlik tug’iladi.

Yoz kunlarining birida bozorga tushdim. Gavjum ko’chaning chetidan ketib borarkanman, atrofga suqlanib boqishim kamayganligini sezdim. Axborot va odamlar oqimining tezligi, kuchiga moslashmoq uchun ko’zlarning yog’ qavati qalinlashadi deb fikr qildim. Ko’rayotganlarim turli qiyofadagi ikki oyoqlilar: Ishtonli-ishtonsiz, belbog’li-bebelbog’, do’ppili do’ppisiz odamlar to’g’ri, egri yo’nalishda ketib borishadi. Qarshimdan kelayotgan qiz diqqatimni tortdi. Miyig’ida tabassum, noodatiy nazar bilan qarash qiladi. O’zida bor do’ngchalarni qo’li bilan ko’rsatib reklama qilayotganday harakat qiladi. Oramizda ikki qadam qolganda birdan to’xtab qoldi. Qizil rangli shimining qirmizrang kamarini tekislash bahona yo’limni to’sib qo’ydi. Uning yuziga qaraganimda ko’zini olib qochmay, chap qo’li bilan ko’ksini paypaslab turardi. Qarashlaridan nimani istayotganligini tushunolmay, biron aybli ish qildimmikan degan o’yda nigohimni erga qaratdim. Bu noqulaychilikni tezroq bartaraf etish uchun o’ngga qadam qo’ydim. Qizning ham shu tomonga odim olishidan nafasimiz tutashdi. Men qalqib ketdim. Bu — hayotimda ilk bor yot jins isini, begona hisni sezishim edi! Lazzatli edi! Xayajonni engish uchun safarxaltamni u qo’limdan, bu qo’limga olib yana-da o’ngroqqa yurib yo’limga ravona bo’ldim. Qizdan uzoqlashayotib eshitgan ovozni o’n qadamlardan so’ng miyam markazi zo’rg’a tahlil qilib berdi: undan mag’zavaning hidi kelardi

Qizil shimli qizning qilig’ini yillar o’tib endi tushundim. Va uning ovchilik mahoratiga qoyil qoldim. Yaxshi ovchi har qanday jonliga to’r tashlamasligini anglab o’zimni-o’zim maqtab qo’ydim. Keyinchalik "qizlar” yo’lidan ayro, aniq yo’lakka tushib olgach, dangalrog’i, qizlarga qaramaslikka so’z berganimdan so’ng qizilshimning ustimdan kulganligini payqadim. Shillig’ini sachratgan shilliqqurtning boshini poshna ostida qoldirmaganimdan afsusga botdim.

— Qaniydi yana bir uchrab qo’l silkitsa-yu bir boplasam! — deb baqiraman hislarim-la hazillashgani uchun.

Ustimdan kulgani, mayli. Axir, fohishalar — jamiyatning yiringli yaralari-ku! Yaralar tuzalmas ekan sog’lik qay yonda?! O’tkir tig’ bilan ildiz-mildizini qo’porib olish kerak-ku! Sovuq so’zlar, achchiq tarsakilar bilan shunday boplar edim-ki, ikkinchi yo’lbarslarga to’r tashlamaydigan cho’loq, g’ilay ovchiga aylanardi. Ya’ni... ya’ni... Kech kelgan fikrlarimdan o’zim-da ko’p qiynalaman. "Nima zarur-a, o’sha qizil ishtonni eslash?!” Deb ichimdagini koyigan bo’laman. U esa yana-da battarroq qiynovga oladi.

— Tars-tars etib sovuq basharasiga tushirmaysan-mi? Bir siqim sochini kaftingga olib yulmaysan-mi? Sochidan tortgancha, sazoyilar qilmaysan-mi? Qizil ishtonchasini boshiga salla qilib, qo’lini bog’lab bozorga kiritvormabsan-da! Qo’llarini qirsillatib dodiga parvo etmay majruh qilmabsan-da! Eh... sen-a! Eh, sen... menga o’xshamading — deb ichimdagi yana ko’nglimni tirnaydi.

Vijdonim qiynalib bir har safar... har... (Uf, tilim aylanmayapti. Aylansa aytarman.) ning javobsiz qolganidan kuyib ketaman. "Eh... suf-ey, yigitlik” deb baqirgim keladi.

Shunday yoqimsiz xotiralarni qog’ozga solar ekanman, bundan ortiq azob bo’lmasligini tuyaman. O’sha shayton ko’z, ajina vijdonli, odamsifat mahluq o’n odim uzoqlashib seni esidan chiqarib yuborgan bo’lsa! O’n birinchi odimida boshqa dorga osilib umrbod seni eslamasligini bilib chuqur xo’rsinaman. Seni eslamasa-yu uni xotirlsang past ketish emas-mi, deb o’zimdan so’ragan bo’laman. Keyin fikrimning teskari tomoni to’g’ri ekanligini topgach, shu kabi xotiralarim tufayli, amalda qilolmagan ishlarimni xayolimda bajarib rohatlanaman. O’yin mashinasi tugmachalarini vaqtida bosmas ekansan, o’rni o’tib ming marta bossang ham befoyda! Lekin bu voqealardan shirin mevali bebaho xulosa sharbatini ichib kelgusi kunga teran, ziyrak ko’z bilan qarayman. Kelasi o’yinda tugmachalarni vaqtida bosaman.

Yonimdagi pichoqqa nazarim tushib yig’lagim keldi. Bu ham menga o’xshagan: yumshoq narsani tekis kesolmaydi-yu konservalangan temir-tunuka qutini to’qson to’qqiz bo’lakka bo’loladi. Bunaqa nohaqlikdan azob tortgandan ko’ra, pichoqni g’archillatib chap ko’ksimga botirganim ma’qul edi. Pichog’im suyagini ham kesib o’tgan bo’lardi. Lekin...




CHO’NTAGIMDAGI CHO’G’LAR

Tun yarmi. Eski mavzuni davom ettirib hamon o’sha cho’tir sop pichoq qarshisida o’tiribman. Meni qiynagan holat bugun — qishloqdan qaytishda ro’y berdi.

Noiloj qolib xolamning uyiga bordim. Yoshi kichik bo’lsa ham bo’lamning aft-angoridan kiborlik belgilari sezildi. So’rashuvdan so’ng yangi olgan qishligi-yozligi haqida uzoq gapirdi. Xonaga qo’shnisi chiqib qizg’in suhbat boshlandi. Suhbatdan chetda qolganimni payqab qaytish fursatim yaqinlashganligi haqida o’ylay boshladim.

Ketishimga pul kerak. Pul? Uydan esa bu savolga javob bo’lishi qiyin! So’rayverib tanglay qotgan. Sakkizinchi sinfdan so’ng sakkiz yil o’tgan esa-da hech qachon uydan ehtiyojimga etarli "sernaqsh qog’oz” olmaganman. Litseyni zavodda ishlab tamomladim. Dars qoldirish hisobiga zavodga chopa-chop qilishim o’zining yomon izini qoldirdi — ustozlar oldida man-man nomini oldim. Va viloyat fan musobaqasidan yig’lab keldim. Akademiyaga kirganimda non do’koniga ish izlab bordim. Boshlig’i oq sochli, ziyoli kishi ekan. Ma’lumot ayirboshlaganimizdan so’ng non qilishning qiyinligi to’g’risida gapirdi.

— Yo o’qish kerak! Yoki ish! — deb sabab-oqibat haqinda o’rinli gap qildi.

U kishiga rahmat aytib tashqariga chiqdim. Ko’chaga chiqib baribir ish topmasam bo’lmasligini angladim.

— Uyingdan pul olmasang... o’qishni tashlay olmasang... Bir nima qilib tetik o’sib-unmoq kerak-ku! — dedim o’zimga.

Qachon bo’lsa ham uydan pul so’raganimda, bahona musiqasi ostida "yo’q” so’zining shirin qilib aytiladi. "Axir, talabasan” deguvchi dildosh yo’q. Moddiy ko’makdan ko’ra, ma’naviy tayanchning ham yo’qligi dardimga dard qo’shadi. Bular haqinda chuqur va chuqur o’ylab... Barcha-barchaga barchasi uchun minnatdorchilik bildiraman. Chunki, bunday qisuvlar hayot akademiyasiga ertaroq kirishimga turtki bo’ldi. Va bunday o’tmishim borligidan faxrlanaman. Bosib o’tgan yo’llarimni xotirlab qalbim g’ururga to’ladi. Va sururga... Ammo, yo’l puli uchungina ba’zi paytlarda kimlarningdir yonida (Yonida bo’lmasa ham) sarg’ayishimga to’g’ri keladi.

Ketishimni bilgan bo’lacham cho’ntak kavlashga tushdi. Katta-kichik pullarini saralab, mayda pullaridan bir dastasini menga uzatadi. Sir boy bermaslikka harakat qilib yolg’ondakam rad etaman. Qaytishimdan bexabar qolganida esa, uydagilar uning oldidan "qarz ko’prigi” orqali qaytib keladi. Ular shunday hisoblashmasa ham men shunday sanayman. Uzatilgan pullar miqdorini jamlab qaytarish haqida o’ylayman. (Hozir ham...) Bo’lam pul uzatganda doim olmasligimni ta’kidlayman.

— O’zingga ishlat! Aytgan ishlaringni rivojlantir!

Qat’iyat bilan aytilgan gaplarimdan uning osmon qo’llari pasayadi. Biroq, ko’zlarimda rozilik alomatlari sezilib qoladi shekilli, u taxlog’lik pullarni tokchagami, taxmongami qo’yib, olishimga imkon berib holi qoldiradi. Majbur bo’lgan Kaminabek ko’zlarini chirt yumib pullarni hamyonga joylaydi-da, g’izillagancha jo’naydi. Bu haqda boshqa gap bo’lmaydi. Bunday hol hayotimdagi eng eng... eng og’ir damlar hisoblanadi. O’shal holatni xotirlaganimda tishlarimni g’ichirlatib so’kinaman. Beshakl, g’adir-budir katta-katta lan’at toshlariga boshimni uraman. Ota-onang ro’parangda turgan esa-da, o’zga-ga suyanishing etimlikdan-da og’ir ekanligini his qilaman. Pul uzatayotganning yuz ifodasini eslab etim bo’lganim yaxshiydi, deb fikr qilaman. Uning mehnatdan ko’ra ko’proq pulni yaxshi ko’rishini bilib qarshimdagi pichoqni qo’limga olgim keladi. Shundoq og’ir azoblarga giriftor etganlarni pichoqlagim keladi. Va so’nggida o’zimga sanchsam...

Jahl shaytoniga ergashib chalg’iganimdan gaplarimdagi so’zlar o’z o’rniga tushmadi. Buni bildim. Ammo, bular haq va haq ekanligi uchun, dilim so’zlari bo’lganligi uchun o’zgartirmadim.

Bo’lamning uyiga kelganim sababini tan olgim kelmayotir. O’zimga qorong’iroq deyish bilan qutulay.

— Qachon ketasan?! — deya so’rashiga "Hozir” so’zini tayyorlab qo’ygandim. Bo’lam qo’shnisi xujjatining nusxasini ko’paytirish bilan ovora bo’lib birinchi e’zozli mehmonni esidan chiqardi.

Ular xujjatni soxtalashtimoq haqida bosh qotiradilar. Men esa bu tomonda ketishim — "yo’l puli” haqida o’ylanaman. Qandaydir imzoni o’rniga qo’yolmay bo’lamning jahli chiqdi. Diqqat bilan tikilib turganimni ko’rgach, pulni tayyorlab qo’ygan, shekilli, rangi uniqqan yashil qog’ozlarni uzatdi.

— Kerakmas, pulim bor. — dedim qappayib turgan ichida guvohnomasi bor cho’ntagimni shapatilab.

Bu ohangdagi gaplarim me’dasiga tekkanidan-mi, ishidan ko’z olmay kimnidir nazarda tutib so’kindi.

— E... enangni... — keyin o’ziga gapirganday davom etdi. — Odamlarga pul bersang yomon... yomonsan...

Umrimda birinchi bor bilib turib falsafamga qarshi ish qildim. Ko’rpacha ustiga sochilgan pullarni chap cho’ntakka solib uyga jo’nadim. Uydan kitob xaltamni oldim-da, xayrni nasiya qilib bekat tomon chopdim. Endi qadamlarim shunday og’ir edi-ki, yurmasam-u panada boshimni toshga urib, dod solib yotsam. Bir mishiqi po’ng’illab pul uzatgani qonimni qaynatadi. Olmaganimda nima bo’lasdi deb o’yladim. Baribir "qarz ko’prigi”dan o’tib ketishimga to’g’ri kelardi. Chunki, zarur ishlar, ya’ni, orzuim qasrining ostonasi kutmoqda. Vaqt ham boy beriladi. Cho’ntagimni do’ppaytirib turgan rangli qog’ozlarni otib yubormoqchi bo’ldim. Chap oyog’imda kaltaroq qadam olayotganimni payqadim. Ayni hol uchun kim aybdor ekanligini topmoqqa urindim. Va topdim. Atrofimdagi — qalbi bo’m-bo’sh, "havoboshli” yaqinlarim, elkadoshlarimni aybli hisoblay olmasdim. Haqqim yo’q! Dangali, o’zim sababchi bariga! Faqat va faqatgina o’zimni aybdor sanadim. Orzu, pok orzu qilganimgina aybim — azobim edi. Vaqti kelib pulli, puldor bo’laman. O’shanda... Lekin, hozir o’qishim zarur. O’qishim kerak. Ko’p va xo’p. Keyin kech.

Cho’ntagimning songa tegib turgan qismi qizigandan qizib boradi. Bekatga chiqqanimda "sovuq soat” lardan tashkil topgan kunda terlayotganimga ajablandim. Cho’ntagimga teginishdan cho’chirdim. Hamyonim ichiga sal havo kirsa yonib ketar darajada isigandi-ki, bosh miya yarimsharini bir tekisda karaxtlik qopladi.

...Sovuq suvga yuz yuvib o’zligimga qaytdim. Va haligi pichoqni chap qo’limda mahkam qisib tishlarimni g’ichirlatdim. Dilimda tugun paydo bo’lganimni his qildim. Ushbularni bitayotib o’shal ondagi karaxtlik miyamni yana qopladi. Qo’llarim titrayotgani sezildi.

— Nimaga bo’laning pullarini otib xujjatni soxtalashtirayotgani uchun jazolamading?!!

Jikkak, bujur yuz qo’shnisini oynadan uloqtirib qog’ozlarini yirtsam — kim nima deya olardi?! Axir, men haq edim-ku, ular nohaq!

Ruchkam siyohi tugab qoldi. Hikoyamni o’zim yoqtirmagan qop-qora siyohli ruchkacha bilan davom ettira boshladim. Qora bo’yoqlarda bitilgan so’zlar ostiga rangdor chiziq tortilajagini bilib ko’nglim yorishdi. Bo’lamning nohaqligi, nobopligini va yaqinlarimning tushunmasligini eslashdan ma’ni yo’q dedim. Agar yana shul kabi holatga tushar bo’lsam, deb uch nuqta qo’ydim. Pichoqni mahkamroq qisib qalbimda qat’iyat, qat’iyat nihollari uyg’onayotganligi sezdim. Endi shundaylarning nopokligi ustidan chiqar bo’lsam, qalin sop pichog’imning dastasi bilan ensasiga tushirib aqlidan ayro qilaman. Va qo’shnisini-yu jihozini ham axlat idishga chiroyli qilib joylab qo’yaman. Shunda yashirin kuchimni, qaytmasligim-o’tkirligim, qat’iyatimni anglaydi. Egib qo’yaman. Egiladi. "Ha.. Shunday... Xa... Xa... Xuddi shunday...”


KO’MIR QANCHA YUVILMASIN, BARIBIR OQARMAYDI

Qaerda qanday bilmadimu ammo qishloq tomonlarda ustozlar kuni paxta terimi mavsumining qizg’in pallasiga to’g’ri keladi. Shu kuni tongdan hurmatim baland, yaxshi ko’rgan o’qituvchilarni nazarga olib shirin so’zli tilaklar tuzmoqqa urindim. Aytish fursati yaqinlashgan sari xayajonim ham kuchayib boradi. O’zimni chalg’itish uchun ovunch topolmayman. Kech kirib kelishi bilan paxtakorlar tunaydigan maskan gavjumlashib g’ala-g’ovur, kuy-qo’shiq boshlandi. Davra avvalida doimgidek qorinli "kattalar” saf tortishgan. Paxta rejasi, yangiliklar, tug’ilgan sanalar, muammolar, tartibsizliklar to’g’risida gapiriladigan kengina davrada bugun o’zgacha shukuh hukmron. O’qituvchilar kuni bo’lish qatori viloyat paxta rejasi ortig’i bilan bajarilgan. Davraboshi — qat’iyatli, cho’rtkesar ustoz o’z tilaklaridan so’ng paxtakorlarga izhor uchun so’z berdi. Istihola qilib-mi mikrofonsiz davraga hech kim chiqmadi. Charchoqdanmi, cho’chishdanmi mening ruhim tushib ketgandi. Qancha chuchuk tilak topgan bo’lsam ham chiqishga yuragim dov bermadi.

— Nahotki, uztozlaringga tabriklaring bo’lmasa? — degan jarangdor so’roqdan so’ng o’zimga keldim va so’zlashga oshiqdim.

Hurmatga loyiq akalardan keyin gapirish uchun davraga chiqdim. "O’n boshi” "yigirma boshi” yigitlar so’z olishdi. O’ylab yurgan chin dil tilaklarimni aytish fursati etganidan yuragim hapriqib ketdi. Takrorlanuvchi tabriklardan so’ng uchinchi bo’lib so’z oldim. Biroq, olomon ichidan ajralib chiqqunimcha kayfiyatim loyqalandi. Bizga "rahbarcha” bo’lgan sariq soch "bor-yo’q” pakana asabimni yulib oldi.

— E, nima qilasan donolik qilib?! Shuncha kattalar turganda... — dedi o’zining qatorida turganlarni ko’rsatib — O’zingcha...

Uning bir tomonni ko’ruvchi ko’zlarini o’yib olgim keldi. Ammo, o’rni emasdi. O’zimni yo’qotmaslik uchun kaltabin, kalta bo’yliga qattiq o’qraydim-u indamadim. Shoshib davra markaziga intildim. So’z navbati etgach, to’rt qator turgan qaro ko’zlarga sukut berib o’zimga kelish uchun nafaslanmay biroz jim turdim.

— Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, akalar, tengdoshlar! Barchaga xayrli kech! Bugun qo’shaloq bayramda so’z aytar ekanman, reja to’lishiga hissa qo’shgan barcha terimchilarga rahmatnoma taqdim etaman. Bilagingizga quvvat yog’ilib belingiz kuchga to’lsin! Bu zahmatli mehnatda ustozlar o’rni kattadir. Bizga pishloqli nonushta, qo’sh kosali tushlik, doshqozonda kechlik-osh tayyorlab bergan ustozlarga... us...— jo’shqin nutqimning shu joyida duduqlanib qoldim.— ustozlarga minnatdorchilik bildiraman. O’zim va paxtakorlar nomidan. Paytdan foydalanib shogirdlariga mehribon ustozlarga uch tilak, dil tilak tilamoqchiman. Hurmatli, ustozlar, sochingizda oq, ko’zingizda dog’, yo’lingizda choh bo’lmasin! e’tiborlaringiz uchun rahmat.

O’qituvchilarning-da mehr bilan qarsak chalayotganlarini ko’rib mamnun bo’ldim. So’z boshi bo’lgan o’qituvchi tabriklar qismiga yakun yasalganligini bildirdi.

— Necha marta aytaman sizlarga, hamma "katta” odamlar sizlarning ichingizda deb. Mana yana bitta katta odam. Saflaringizga yaqindagina qo’shilgan bo’lsa ham buning gapirishini qaranglar. O’rganinglar. Men ishonaman. Bu boladan katta bir odam chiqadi. Hali bunaqasini ko’rmaganman, eshitmaganman. Uning uchun yana bir marta qarsak chalinglar. Olqishlanglar...

Bu gaplar tegishli bo’lgan yigit o’zini bilmaganga solib turdi. Yigit (kimligini aytgim kelmayotir) bildirilgan ishonchdan bir qop semirsa, sariq soch pakananing kuyib ketganligidan o’n qop semiradi.

Bu haqdagi so’z uxlash onida ham davom etdi. "E, tengdosh, qoyil...”, "Ey, elkadosh, qoyil senga! Zo’r gapirding. Gap yo’q. — deyishdi turli tarafdan.

Yigit esa xo’rsindi.

— Ey, buni ko’rolmaydiganlar ko’p. — dedi keyin hammaga eshitarli qilib.

— Ey, ular odammas... E, parvo qilma... — deb ovutmoqqa urinishdi.

Ammo, ko’ngil deganlari xonamiz kabi zim-ziyo edi. Ancha paytgacha uxlolmay qiynaldim. G’ijirlama o’rnimni g’ijirlatib u yon, bu yon ag’anardim.

Tongda hech kimning yuziga samimiy boqmay dalaga bordim. Elkadoshlarimni ortda qoldirish uchun egat o’rtasi tomon tezroq o’rmaladim. Yoniga befarq qarolmas qarog’larim yoshlanib ketdi. Nima uchun, nega savollari qalbimni tirnardi, yo’limni to’smoqchi bo’lganligini siar tushunolmasdim.

"Ilon, ilo-o-on” ovozni eshitib xayolim bo’lindi. Ne so’zligini bilish uchun ortimga qaytdim. Aylana hosil qilgan tengdoshlarim yo’g’onroq qora ilon atrofida nima qilish kerakligini bilmay kuzatib turishardi. Men davraga qo’shilib cho’chimay ilon tomon qadam qo’ydim. Har kim har xilcha tanbeh berdi.

— Qoch, o’lasan!

— Chaqadi.

Ularning so’zlariga pavo qilmay ilonga bir qadam-cha yaqin bordim. Ilon juda tez harakatlanar edi. Dumidan ushlashning iloji yo’q. Unga tikilib biroz turib qoldim. O’ylab turishning payti emasdi. Miyamga kelgan birinchi fikrni amalda qo’lladim. Paxta bilan yarim bo’lgan etagimni ilonning ustiga yopdim-da, ilonning dumidan ushlab tepaga ko’tardim. Davrada engillanish ovozi yangradi.

— Ha-h...

Uzoqdan sariq sochning yugurib kelayotgani ko’rindi. Ilonni elim idishga solayotganimda u yonimizga etib keldi. Hansirayotgan rahbarchamizning g’ilay ko’zlari sovuq yaltirayotganligini ko’rdim. U ilonni qo’yib yuborishimni so’radi. So’zlash ohangida xavotirdan ko’ra, qahramonlikni tezroq tugatishga undash fikri sezilib turardi. U ilonni qo’yib yuborishimni aytdi. Qaysarligim shu darajaga etdiki, uning gaplarini eshitmaganlikka oldim o’zimni. Besh-olti marta otimni aytib qattiq baqirgandan so’ng unga qaradim. Ilonning ko’zlarini uning ko’zlariga o’xshatdim. U hammaga jo’nash haqida buyruq berdi. Boshliqqa telefon qilayotganligini bilgach, ilonni aylantirib-aylantirib zovur tarafga uloqtirdim. Shundan keyingina u mening oldimga yaqin kelishga jur’at etdi. Tergan paxtamning kamligini ko’rib boshliqni chaqirish uchun bahonalar etarli ekanligi angladi. Uyali aloqasida boshliqqa meni yomonlayotganligini eshitgan-cha egatimga engashdim. Bir to’kim terishga ulgurmasimdan paykal chetida shoshib yurar boshliq ko’rindi. Uch marta chaqirganlaridan so’ng boshimni eggancha egatdan chiqdim. Ularga yaqinlashmasimdan sariq soch ayblarimni sanay ketdi.

— O’zi termagani, mayli, atrofiga bolalarni to’plab tomosha ko’rsatyapti.

Ilon tutganimni aytmadi. Ilon haqida gapirsa boshliqning kechirishi osonlashardi.

— H-e... to’nka, — dedi oxirgi so’zni yarim yamlab.

Haddingdan oshding degan ma’noda unga o’qrayib qaradim. Kechirim so’rash niyatim yo’qligini sezgach, ortiqroq jazo qo’llashni lozim topishdi.

— Bor. Bo’shat etagingni. Chiqib ket daladan.

Menga farqi yo’q edi. Besh qadamlar chamasi uzoqlashib jo’rttaga asabiga tegishdim.

— Etakni topshiray-mi yo o’zim bilan olib ketaveray-mi?

Sariq yana so’z jilovini ixtiyoriga oldi. Uning gapirgani kecha tushlik mahali yigirma kishilik davrada "chordona” qurib qoyilmaqom she’r o’qiganim haqida edi.

— O’rtoq boshliq, bilasiz-mi... Bu dalaga kitob olib keladi. Yoniga bolalarni to’plab kitob o’qish bilan ishdan qoldiradi.

Bu gapdan so’ng ilon tugul ajdaho ham po’st tashlardi. Ortimga qaytib sariqqa qo’limni siltadim.

— Eh... — "haromi” demoqchi bo’ldim-u o’zimni tiydim. Ko’zlarim nafratdan yumilib ketdi. Barcha dardni ichimga yutdim.— Eh... O’v... Tuhmat qilsang kattaroq tuhmat qil!— pastkash demoqchi bo’lganimda boshliq ko’ksimdan itardi.

— Bor... Bor... Bo’pti... Paxtangni ter. Boshqa takrorlanmasin.

Ortimga burildim.

Va mana shu ortimga burilganim uchun hech qachon o’zimni kechirolmayman. O’shal onda ortga qaytmasligim kerak edi. Tip-tikka sariq soch ustiga bostirib sariq boshidan mushtlar yog’dirishim shart edi! Ha, shart! Suyaklari zirqiraguncha mushtlab hushini boshidan uchirardim. Yiqitib mazza qilib tepkilardim. Aslo ayamay. Endi o’sha kaltaklar bilan o’zimni savalayman. Chunkim, u nodon nohaq edi! Ha, nohaq! Bunday bo’hton qilishga haqqi yo’q edi. Xo’p, atrofimga odam to’plab kitob o’qiganimda ham... Savob ish bo’lardi-ku... Eng avvalo, charchagan terimchilarga yoqarmidi. Men bu bo’htonni aslo qabul qilolmadim. Joyi kelsa, aytganimdan battar qilib kaltaklash umidim bor. Nohaqni jazolamaganim qalbimga armon ninasi bo’lib sanchiladi. Azob, azoblar uyg’otadi.

Pichoqni o’zimga yaqin keltirdim. Chap ko’ksimga bosib ont piyolasidan bir qultum xo’pladim. "Agar yana shu kabi nohaqlikka uchraydigan bo’lsam, uni boshi bilan yo’qotaman. Chavaqlab tashlayman. Qovurg’alarini g’archillatib kesgach, jonini sug’urib olaman. Keyin na bo’lsa, bo’lar.”

Qora siyohli ruchka bilan yozib o’rganmaganim uchun-mi ko’zlarim xiralashib ketdi. Qog’ozning mo’l qismi qorong’ilikka o’randi. Na bo’lsa ham bular — borligim. Borimni bitaman-da. Pichoqni ushlagach, qo’limning yog’li bo’lganligini sezdim. Pichog’imiz iflos joyda ishlagani, "kir qo’l” ning ishini bajargani anglashildi. Sarg’ayganroq yuzining u er bu erida saryog’ dog’lari ko’rindi.

...Pichoqning qanday ishlar uchun xizmat qilganligi bilib anchagacha yozolmay qoldim.

...Oshpazning o’zgalar rizqini qiyib yana o’g’irlik qilgani tushunarli. Mehrga muhtojlar og’zidan yulib uyiga "h... h...” narsalarni olib ketganligi aniq. Bo’lmasa, bu pichoqni ishlatmagan bo’lardi. Haromlik molini harom xaltasiga joylagan-da, uyiga jo’nagan. Shoshganidan pichoqni tozalamay, shu holicha qoldirgan. Ko’z o’yar o’g’rining qilgan h... ishini ko’z oldimga keltirib sovuq so’zlarim xaltasi so’kilib ketdi. Oshpazchani muzlatib qo’ydim. Battar bo’l. Lekin, oshpazning qora maqsadi yo’lida hamdard, hamfikr pichog’imning xizmat qilganligini qabul qilolmadim. Pichoqni oshpazdan ko’proq haqoratladim.

— Ha, ey, Pichoq, ko’zing bor. Bir emas ikkita. Shunday pastkashlikni ko’rib indamay turdingmi?! Oshpazning ingichka barmoqlarini shartta-shartta kesmadingmi? Ikkinchi bor yulg’ichlik qilmasin. Bo’yoqlangan tirnoqlarini etidan ayirmaysan-mi? Azoblansin. Shunday qiynoqlashning o’rni, vaqti edi-ku! Ha, yashshamagur-a! Shimidan ikki yoqqa ayirsang bo’lardi-ku! A? Yo... yoinki qo’rqding-mi? G’oyadoshing, elkadoshing bor-ku! Men! Nohaqlarni birgalashib jazolamasak, birgalikda qarshi kurashmasak bo’lmaydi-ku, axir! Ha, pichoq... pichog’im-a... Temir, jonsiz pichog’im-a! Yoinki yaqinim bo’lib qolgan deb ayadingmi?! Jinoyat qildimi, demak, hammaning dushmani ekanligini unutding-mi?! Oddiy haqiqatni bilmadingmi-a?! Shu gavdang... Shu savlating bilan kurashdan cho’chigandan ko’ra chirib ketganing yaxshi emas-mi?! Hayf senga-ey... suf senga! Qo’rqoq!

...Mayli, kechirdim. Endi shay tur! Doim yoningdaman! Endi nohaqlikni ko’rsang shartta kesib tashla, tomir otmasin! Bo’laklab tashla, yaproq yoymasin! (Uning yog’li yuzini artdim.) Nur yog’ilar yuzing sofligini asra! Shunday yashashdan, shunday kurashmoqdan o’zga baxt yo’q! Pichoqqa qo’ngan nahsliklar eridi. Yo’qoldi. O’rnida yaltirayotgan suv tomchilari paydo bo’ldi. Tomchilardan jilg’achalar hosil bo’ldi.


Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 2921 | Добавил: хикоя, HAYOTIY HIKOYALAR, Hikoya, хикоялар, ХАЙОТИЙ ХИКОЯЛАР, bo'lgan voqealar, хадислар, Hikoyalar, булган вокеалар, xadislar | Рейтинг: 0.0/0
Tavsiya etamiz:
Материалов за текущий период нет.



Mulliflar uchun
+18

Mulliflar uchun
Mulliflar uchun
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
Nilufar Usmonova - Beparvo

Maroqand - Kulib yasha

Manzura - Onamdan ayrildim

Janob Rasul - Yumshoq

Rayhon - O'n besh kun (cover)

Bojalar - Yaxshi ko'rinaman deb

Sevara Nazarxon va Shoxrux - Asta-sekin

Sevinch Mo'minova - Bevafo yor

Munisa Rizayeva - Xayolingdaman

Yulduz Usmonova - Tojiki medonet (feat Malik)


Foydali maslahatlar
TOP yangiliklar
Bu oyda yangilik qo'shilmadi.

>>> DAVOMI...
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Апрель 2015  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.Horazm.NeT
  • UzbKino.NeT
  • www.Sherlaruz.com
  • www.Sherlar.org
  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2024 | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. | Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя